Özbekiston-Sloveniya munosabatlarida yangi bosqiç
Lyublyana şahridagi Prezident saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Sloveniya Respublikasi Prezidenti Nataşa Pirs Musarning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi.
Uçraşuv avvalida davlatimiz rahbari Sloveniya yetakçisiga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, sönggi 20-yilda ilk bor ötkazilayotgan oliy darajadagi tadbirlar ikki mamlakat munosabatlarida yangi bosqiçning boşlanişi sifatida tarixga kirişini ta’kidladi.
Özbekiston va Sloveniya örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Siyosiy muloqot, turli darajadagi aloqalar va işbilarmonlik uçraşuvlari faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki mamlakat BMT va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qöllab-quvvatlab kelmoqda.
Keyingi yillarda tovar ayirboşlaş 3 barobar köpaydi. Madaniyat va turizm sohalaridagi almaşinuvlar kengaymoqda. Özbekistonda Sloveniya fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etilgan.
Ikki tomonlama munosabatlarga tizimli tus beriş uçun oliy va yuqori darajadagi muntazam muloqotni yölga qöyiş muhimligi ta’kidlandi.
Tovar ayirboşlaşni köpaytiriş va uning hajmini, eng avvalo, mahsulotlar turini kengaytiriş va import örnini bosiş hisobiga birinçi bosqiçda 500 million yevroga yetkaziş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Özbekistondan töqimaçilik, meva-sabzavotlar, mineral öğitlar, mis mahsulotlari va boşqa sanoat tovarlari, Sloveniyadan esa dori-darmonlar, ilğor texnologiyalar va uskunalar yetkazib beriş şular jumlasidan.
Sloveniyaning "Koper" porti salohiyatidan Yevropa Ittifoqi bozoriga çiqiş uçun logistika xabi sifatida foydalaniş imkoniyatlari örganiladi.
Sloveniyaning yetakçi kompaniyalari bilan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qiliş, şuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar, sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş, farmatsevtika mahsulotlari, şu jumladan asal va şifobaxş giyohlarga asoslangan dori işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, energetika obyektlarini quriş va modernizatsiya qiliş böyiça loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.
Mehnat migratsiyasi sohasida tizimli hamkorlik qiliş uçun til, kasbiy könikmalar va mehnat standartlari böyiça öqitiş va moslaştiriş dasturlarini işlab çiqqan holda Uyuşgan mehnat migratsiyasi töğrisidagi bitimni tayyorlaşga kelişib olindi.
Turizmni, ayniqsa, qişloq va toğli hududlarda rivojlantiriş istiqbolli yönaliş sifatida belgilandi. Ta’lim sohasida tomonlar diplomlarni özaro tan oliş töğrisidagi bitimni imzolaşga hamda Lyublyana va Maribor universitetlari bilan qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyişga kelişib oldilar.
Bundan taşqari, kelgusi yilda Toşkent şahrida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari iştirokida Yoşlarning innovatsion loyihalari forumi ötkaziladi.
Gumanitar almaşinuvni mustahkamlaş maqsadida tomonlar özaro madaniyat kunlari va Lyublyana şahrida Özbek kinosi haftaligini ötkaziş taşabbusini ilgari surdilar.
Belgilangan barça vazifalarning ijrosini ta’minlaş maqsadida Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişini joriy yil iyul oyida Lyublyana şahrida taşkil etişga qaror qilindi.
Uçraşuv yakunida davlatimiz rahbari Sloveniya Prezidenti Nataşa Pirs Musarga özi uçun qulay vaqtda javob taşrifi bilan Özbekistonga kelişni taklif etdi.

