Mahalliy sanoat rivoji uçun yangi imkoniyatlar belgilandi

Mahalliy sanoat rivoji uçun yangi imkoniyatlar belgilandi

26.05.2025 17:39206

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 26-may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirişga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Bugun dunyodagi tebranişlar şaroitda har bir davlat, avvalo, eng köp iş örinlari yaratadigan sohalarni himoyalaş çoralarini körayapti. Mamlakatimizda töqimaçilik, quriliş materiallari, mebelsozlik ana şunday sohalardir – ularda 1 millionga yaqin aholi işlamoqda.

Ötgan 4 oyda yurtimizda sanoat 6,3 foizga ösib, 290 trillion sömga yetgan. Eksport 20 foizga oşib, 6 milliard 350 million dollarni taşkil etgan.

Yiğilişda mahalliy sanoatni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Bu boradagi holat tuman va tarmoqlar kesimida tahlil qilinib, kamçiliklar körsatib ötildi.

Masalan, töqimaçilikda 7 mingga yaqin tadbirkor 500 dan ziyod turdagi mahsulotlar çiqarayapti. Ayrimlari nufuzli brendlarga kiyim-keçak yetkazib berayapti.

Lekin köpçilik sifatga işlayotgani bilan, buni körsatib bera olmayapti. Hozirgaça faqat 244 ta korxonamizda xalqaro sertifikat bor, xolos. Ularning ham katta qismi Toşkent va vodiy viloyatlarida bölib, boşqa hududlarda barmoq bilan sanarli.

Özbekiston Prezidentining farmoniga köra, nafaqat xalqaro sertifikat oliş, balki korxonani bunga moslaştiriş xarajati ham qoplab berilişi belgilangan. Bundan foydalanib, imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazib, har bir viloyatda xalqaro sertifikatga ega korxonalarni köpaytiriş vazifasi qöyildi.

Davlatimiz rahbari bu borada muhim taşabbusni ilgari surdi. Özbekistonda Milliy brendlarni qöllab-quvvatlaş kompaniyasi taşkil qilinadi. Unga xorijdan brend-menejer, dizayner, marketologlar jalb etilib, milliy brendlarimizni jahon bozoriga olib çiqişga kömaklaşiladi. Xalqaro sertifikati bor, raqobatbardoş mahsulotlarga sifat belgisi berilib, dunyoda keng tarğib etiladi.

Yurtimizda milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yöq. Şu bois endi hududlarda “Mall of Uzbekistan” majmualari barpo etiladi. Ulardagi savdo dökonlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi. Bunday markazlar xaridorlarga keng tanlov imkonini berib, xorijiy turistlarga ham qulay böladi.

Hozirgi murakkab şaroitda özimizda bor xomaşyoni çuqur qayta işlab, qöşilgan qiymatni köpaytiriş – eng asosiy masala. Şu maqsadda, tayyor mahsulot işlab çiqaruvçilar uçun faktoring tizimi joriy qilindi, bunga 100 million dollar ajratildi.

Şuning davomi sifatida, endi töqimaçilik korxonalari ip-kalavani faktoring asosida soddalaşgan tartibda sotib olişi mumkin böladi.

Mahalliy sanoatdagi yana bir salohiyatli yönaliş – mebelsozlik. Bu tarmoqda 7 ming 500 ta korxona işlab turibdi. Ötgan yilning özida 920 ta yangi korxona oçilgan. Sohada 6 trillion 700 milliard sömlik mahsulot tayyorlanib, 20 million dollarlik mebel eksport qilingan.

Tadbirkorlarimiz bundan köpiga ham qodir. Şu maqsadda uydagi hunarmandlikdan sanoatlaşgan bosqiçga ötiş istagida yurganlar ança.

Şu bois, endi 5 nafargaça işçi olganlarga yakka tadbirkor sifatida mebel işlab çiqarişga ruxsat beriladi. Uşbu faoliyatni boşlaş, kengayiş istagida yurgan yoş tadbirkorlarga 7 yilga 5 milliard sömgaça 18 foizli kredit ajratiladi.

Mebelçilikka ixtisoslaşgan Şarof Raşidov, Yangi Namangan, Pastdarğom, Örta Çirçiq, Quva, Buvayda, Yunusobod va Uçtepa tumanlarida Xonqa tajribasi asosida mebelçilik markazlari taşkil etiladi.

Sohadagi kiçik biznes vakillari çet eldan materiallar olib kelişda qiynalişi mumkin. Ularga bu borada kömaklaşiş, transport xarajatlarini yengillatib, xomaşyoni arzon yetkazib beriş maqsadida yoğoç va yoğoç materiallarini markazlaşgan holda olib keliş taşkil etiladi. Bunda monopoliyaga yöl qöyilmaydi, aksinça bozorda tanlov imkoniyati oşadi. Tadbirkorlar narxi va ehtiyojiga qarab, uşbu arzonlaştirilgan yoğoçdan yoki boşqa ta’minotçidan sotib olişi, yoki çet eldan özi keltirişi mumkin böladi.

Şuningdek, 14 turdagi xomaşyo, furnitura, aksessuar uçun 3 yil muddatga import boji 1 foiz etib belgilanadi.

Eksport faoliyatini rağbatlantiriş maqsadida mebelçilarga xalqaro sertifikat oliş xarajatining hamda xorijdan jalb qilgan dizayner, marketolog, muhandis-texnologlar iş haqining yarmi qoplab beriladi. Xalqaro körgazmalarda ijara puli kompensatsiya qilinadigan maydon hozirgi 20 kvadratdan 40 kvadrat metrga oşiriladi.

Yurtimizda azaldan qadrlangan zargarlik bugun iqtisodiyotda qöşimça drayver bölişi mumkin. Ögan yili bu tarmoqda işlab çiqariş 200 million dollardan oşgan, eksport 17 foizga ösib, 92 million dollarga yetgan.

Lekin bu yiliga 100 tonnadan ziyod oltin qazib olinadigan Özbekistondagi imkoniyatlarning öndan biri ham emas. Şu bois bu sohada ham qöşimça yengilliklar belgilandi. 

Endi zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan şuğullanişi mumkin böladi. Çet eldan mutaxassis olib keliş xarajatining 2,5 ming dollargaça qismi kamida 5 nafar şogird çiqariş şarti bilan qoplab beriladi.

Bu sohada ham sanoat usuliga ötiş va milliy brendlarni qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi. Xususan, zargarlikda işlatiladigan uskunalar va ularning butlovçi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlaridan oltinni bölib tölaş asosida sotib oliş tartibi yana 3 yilga uzaytiriladi. Nufuzli brendlar bilan hamkorlikni yölga qöyib, ularning dizayni va qolipini olib keliş xarajatining 30 ming dollargaça qismi qoplab beriladi.

Turkiya, Dubay va Misr tajribasi asosida Toşkent, Andijon va Xivada zargarlik markazlari oçildi. Endi bunday majmualar boşqa hududlarimizda ham bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi.

Zargarlarni xomaşyo bilan barqaror ta’minlaş uçun bu yil birjaga çiqariladigan oltin hajmi 6 tonnadan 8 tonnaga oşiriladi. Barça hududlarda oltin zaxirasi yaratiladi.

Bunga javoban, tarmoqda “yaşirin iqtisodiyot” uluşini qisqartiriş, qonuniy faoliyatga rağbat çoralarini qöllaş böyiça körsatmalar berildi.

Bunyodkorlik kölami keng bölgan yurtimizda quriliş materiallariga talab yuqori. Hozirgi kunda bu tarmoqda 10 mingga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Endigi muhim vazifa sifat va xaridorgirlikni ta’minlaş.

Şu bois bunyodkorlik işlarida mahalliy materiallardan kengroq foydalaniş, developerlarga aylanma mablağ uçun kredit ajratiş orqali buni qöllab-quvvatlaş zarurligi qayd etildi.

“Şaffof quriliş” platformasida quriliş materiallari korxonalari reyestrini taşkil qilib, u orqali sifat reytingini yuritiş vazifasi qöyildi.

Mahsulotlar tannarxini tuşirişda energiya iqtisodi juda dolzarb. Şuning uçun energiya va resurs sarfi yuqori yönalişlarni tahlil qilib, tejamkor innovatsion yeçimlarni qöllaş muhimligi qayd etildi.

Yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar va tadbirkorlarning takliflari eşitildi.

 

president.uz

Ulaşiş: