Özbekiston Prezidenti Jahon triatlon ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytiriş rejalarini olqişladi

Özbekiston Prezidenti Jahon triatlon ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytiriş rejalarini olqişladi

27.05.2025 15:40192

26-may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samarqand şahridagi triatlon va paratriatlon böyiça jahon kubogi doirasida mamlakatimizda bölib turgan Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi.

Uşbu nufuzli global taşkilot bilan mazkur sport turini ommalaştiriş va Özbekistonda milliy triatlon maktabini qöllab-quvvatlaş borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Mamlakatimizda triatlon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Milliy federatsiya faoliyat körsatmoqda, muntazam ravişda xalqaro musobaqalar ötkazilmoqda, özbekistonlik sportçilar qit’a va jahon reytinglarida öz örinlarini mustahkamlab bormoqda.

Sportçilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlaş, zamonaviy infratuzilmani yaratiş sohasida hamkorlikni yanada rivojlantiriş va ekspert kömagi dasturlarini amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

 

president.uz

Ulaşiş: