Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Sammitni yuksak darajada taşkil etgani va an’anaviy mehmondöstlik uçun Qozoğiston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemeloviç Toqayev şa’niga aytilgan minnatdorlik sözlariga qöşilaman.
Italiya Vazirlar Kengaşi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uçraşuvni taşkil etiş haqidagi taşabbusi uçun yana bir bor taşakkur izhor etaman.
Biz uşbu anjumanni yaqinda Samarqand şahrida ötkazilgan sammitda Markaziy Osiyo mintaqasining Yevropa bilan strategik şerikligi haqida erişilgan kelişuvlar natijasi, deb bilişimizni ta’kidlab ötmoqçiman.
Özbekiston tomoni uşbu formatdagi samarali amaliy hamkorlikni, avvalo, mamlakatlarimizning texnologik, sanoat va intellektual salohiyatini hisobga olgan holda rivojlantirişga qat’iy azmu qaror qilgan.
Hurmatli sammit iştirokçilari!
Uçraşuvimiz uçun taklif etilgan kun tartibini töliq qöllab-quvvatlayman.
Global va mintaqaviy siyosiy jarayonlarning bugungi real şaroitida, xavfsizlik va taraqqiyotga umumiy tahdidlar kuçayib borayotgan bir paytda Italiya bilan köptomonlama muloqot maydonini işga tuşirişimiz nihoyatda zarur edi, deb hisoblayman.
Mamlakatlarimizni köp asrlik savdo va madaniy aloqalar tarixi özaro boğlab turişini ham alohida qayd etişni istar edim. Ilk diplomatik almaşuvlar Kuşonlar podşohligi va imperator Avgust hukmronligi davriga töğri keladi. Bundan ming yillar muqaddam solnomaçilar, şoir va mutafakkirlar şaharlarimiz yuqori darajadagi sivilizatsiyaviy taraqqiyotga erişganini qayd etişgan.
Yana bir dalil – XII asrdan boşlab italiyalik olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Ali ibn Sinoning bebaho asarlarini örganişgan va tarjima qilişgan. Mintaqamizdan yetişib çiqqan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mahtumquli Firoğiy va boşqa maşhur mutafakkirlar asarlarining noyob nusxalari Italiya kutubxonalarida asrab-avaylab saqlanmoqda.
Munosabatlarimizning bunday boy tarixi yangi bosqiçda keng kölamli şeriklik uçun mustahkam asos bölib xizmat qilmoqda.
Hurmatli hamkasblar!
“Markaziy Osiyo – Italiya” formatida özaro hamkorlikning ustuvor jihatlari haqidagi qaraşlarimiz haqida qisqaça töxtalib ötmoqçiman.
Siyosiy sohada taşqi siyosat idoralari darajasida doimiy muloqotlarni davom ettiriş tarafdorimiz. Xalqaro kun tartibida özaro muvofiqlaştiriş va kelişilgan yondaşuvlarni talab etadigan bir qator dolzarb masalalar mavjud.
Italiya Boş vaziri, hurmatli Meloni xonimning Ukraina atrofidagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş uçun töğridan töğri muzokaralarni tezroq boşlaş böyiça faol diplomatik sa’y-harakatlarini olqişlaymiz.
Sizning Yaqin Şarq muammosi va Afğoniston bilan hamkorlik istiqbollariga oid qaraşlaringiz uçun minnatdorlik bildiraman.
Keça Samarqandda biz bu nozik masalalarni batafsil muhokama qildik va yondaşuvlarimiz öxşaş ekanini qayd etdik.
Terrorizm, ekstremizm, radikalizm, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşişda köptomonlama formatlarda işçi mexanizmlarni va maxsus xizmatlarimiz örtasida axborot almaşişni yölga qöyişni taklif etaman.
Iqtisodiyot sohasida sönggi yillarda Özbekiston va Italiya örtasidagi özaro savdo aylanmasi va investitsiyalar hajmi salkam uç barobar ösganini ta’kidlayman.
Italiyaning yetakçi kompaniyalari bilan birgalikda texnologik kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.
Mamlakatni innovatsion rivojlantirişda Italiya işbilarmonlar hamjamiyatining an’anaviy kuçli pozitsiyasini inobatga olib, savdo-sanoat palatalarimiz şafeligida biznes-muloqot uçun doimiy maydon – “Markaziy Osiyo – Italiya” işbilarmonlar klubini tuzişni taklif etaman. Tadbirkorlarning keng iştirokidagi bunday uçraşuvlar har yili mamlakatlarimiz poytaxtlarida ötkazilişi hamda savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar oçişi mumkin.
Biz, şuningdek, köp tomonlama Sanoat va texnologik kooperatsiya dasturi işlab çiqilişi va qabul qilinişi muhim, deb hisoblaymiz. Bu örinda gap texnologiyalar transferi, ilğor bilimlar va eng yaxşi amaliyotlarni joriy etiş, yuqori texnologik sanoat korxonalarini yaratiş uçun qulay şaroitlarni şakllantiriş haqida bormoqda.
Mavjud muvaffaqiyatli tajribani inobatga olib, mineral resurslar va qişloq xöjaligi xomaşyosini çuqur qayta işlaş, elektrotexnika, kimyo, töqimaçilik, çarm-poyabzal, oziq-ovqat va boşqa qayta işlaş sohalari uçun zamonaviy asbob-uskunalarni işlab çiqariş, ehtiyot qismlar va sanoat mahsulotlarini mahalliylaştiriş, Italiyaning yetakçi brendlari bilan hamkorlikda dizayn markazlarini yaratiş kooperatsiyaning muhim yönalişlariga aylanişi mumkin.
Mintaqaviy ahamiyatga molik bölgan loyihalarni amalga oşiriş uçun Toşkent hududida Yevropa operatori boşqaruvi ostida maxsus sanoat parkini yaratiş işlariga kirişdik.
Kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun Italiyaning «SACE» va «SIMEST» davlat agentliklari, şuningdek, qöşma investitsiya jamğarmalarini jalb qiliş zarur, deb hisoblaymiz.
Biz Italiya hukumati bilan “yaşil” transformatsiya sohasidagi samarali hamkorlikni yuksak qadrlaymiz. Zararli gazlar çiqarişni qisqartiriş böyiça milliy dasturlar ijrosiga kömaklaşişga qaratilgan köptomonlama platformalarni işga tuşiriş orqali keng kölamli şeriklikni rivojlantirişga umid qilamiz.
Italiyaning yetakçi işlab çiqariş va muhandislik kompaniyalarini jalb etgan holda, qayta tiklanadigan energetika, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga “yaşil” energiya yetkazib beriş, korxonalar auditi va energiya samaradorligini oşiriş, suv infratuzilmalari obyektlarini modernizatsiya qiliş, vodorod texnologiyalarini rivojlantiriş sohalaridagi loyihalarni amalga oşirişga tayyormiz.
Gumanitar sohadagi hamkorlik haqida söz yuritganda, özining ta’lim dasturlarini sezilarli ravişda kengaytirib borayotgan Turin politexnika va Piza universitetlarining Toşkentdagi filiallari samarali faoliyat körsatayotganini alohida ta’kidlaşni istar edim. Italiyaning boşqa yetakçi oliy ta’lim muassasalarining mintaqamizga nisbatan ortib borayotgan qiziqişini olqişlaymiz.
Muhandislik, dizayn, suvni tejaş va biologik texnologiyalar kabi yönalişlarda ilmiy işlanmalar yaratiş va moliyalaştiriş, akademik almaşuvlar va kadrlar tayyorlaş dasturlari uçun “Markaziy Osiyo – Italiya” ilmiy-ta’lim konsorsiumini taşkil etiş taşabbusini ilgari suramiz.
Yetakçi operatorlar örtasida şeriklik aloqalarini yölga qöyiş va qöşma turistik mahsulotlarni yaratiş uçun sayyohlik alyansini işga tuşirişdan manfaatdormiz.
Yaqinda Rim va Florensiya şaharlarida ötkazilgan körgazma va madaniy tadbirlar italiyalik döstlarimizda juda katta qiziqiş uyğotganini ta’kidlaş örinlidir.
Şu munosabat bilan kelgusi yili Xivada mintaqa mamlakatlari va Italiya yoşlarining Kreativ iqtisodiyot va madaniy almaşuvlar forumini ötkazişni taklif etaman.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Nutqimning yakunida Özbekiston “Markaziy Osiyo – Italiya” formatida özaro manfaatli va köpqirrali hamkorlikni yanada rivojlantirişga sodiq ekanini yana bir bor tasdiqlayman.

