Özbekistonlik hojilar xalqimizni duo qilmoqda
Prezident Şavkat Mirziyoyev 31-may kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Hozirgi muborak kunlarda aziz yurtdoşlarimiz Haj ziyorati uçun Makkai mukarramada bölib turişibdi. Davlatimiz rahbari ular uçun yaratilgan şaroitlar, nuroniylarning salomatligi va kayfiyati haqida söradi.
Muftiy hazratlari Haj amallarini sidqidildan, mukammal ado etiş uçun barça taşkiliy çoralar körilganini ta’kidladi.
Ayni paytda 15 ming nafar hojilarimizning barçasi Saudiya Arabistoniga yetib borgan. Ularga 300 dan oşiq guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali şifokor, 10 dan ziyod oşpazlar va boşqa mutaxassislar hamrohlik qilmoqda.
Bu yil, Özbekiston tomonining talabiga muvofiq, Arafot hududidagi çodirlar yopiq tarzda barpo etildi. Ularning atrofi issiq ötkazmaydigan panellar bilan öralgan, sovutiş tizimi örnatilgan, gilam va töşaklar solingan. Bu hozirgi yoz kunlarida ziyoratçilarga qöşimça qulaylik yaratadi.
Bir söz bilan aytganda, bu yilgi haj mavsumiga yanada yuqori darajada tayyorgarlik körilib, barça zarur şaroitlar hozirlandi. Bundan qalbida şukronalik hissi jöşgan yurtdoşlarimiz muqaddas joylarda turib, Yaratgandan mamlakatimiz tinçligi, xalqimiz farovonligini sörab duolar qilmoqda.
Muftiy Nuriddin Xoliqnazar Prezidentimizga uluğ ibodat fayzi bilan yurgan hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi. Davlatimiz rahbari barça ziyoratçilarga salom yöllab, yurtimizga soğ-omon kelişlarini tiladi.
Suhbat samimiy va kötarinki ruhda ötdi. Muhtaram hojilar Özbekistonga qaytgaç, mahallalarda ijtimoiy muhitini mustahkamlaş, ehtiyojmand insonlarga kömak beriş, yoşlarni ilm-ma’rifatga tarğib etişda namuna körsatişlariga umid bildirildi.

