Özbekiston Prezidenti Xitoy bilan köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş böyiça taşabbuslarni ilgari surdi

Özbekiston Prezidenti Xitoy bilan köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş böyiça taşabbuslarni ilgari surdi

18.06.2025 09:46278

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Ostona şahrida "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinçi sammitida iştirok etdi.

Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida ötgan tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni ustuvor yönalişlarda kengaytiriş istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar körib çiqildi.

Özbekiston Prezidenti nutqining avvalida XXR Raisi Si Szinpinning Markaziy Osiyo davlatlari bilan döstlik va hamkorlikni mustahkamlaş, aniq loyiha va dasturlarni amalga oşiriş orqali mintaqaning barqaror taraqqiyotini qöllab-quvvatlaşdagi örnini alohida ta’kidladi.

2023 yilda Sian şahrida ötgan birinçi sammitdan söng "Markaziy Osiyo - Xitoy" formatidagi hamkorlikda katta muvaffaqiyatlarga erişilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, kotibiyat taşkil etildi, vazirlar, ekspertlar uçraşuvlari va yiğilişlarini ötkaziş mexanizmlari işga tuşirildi, keng kölamli hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy bazasi şakllantirilmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan tovar ayirboşlaş hajmi ortib bormoqda, joriy yilda bu körsatkiç 100 milliard dollarga yetişi kutilmoqda.

– Bizningça, bir tomondan, işonç, yaxşi qöşniçilik va şeriklik makoniga aylangan Markaziy Osiyoning özidagi çuqur transformatsiya jarayonlari, boşqa tomondan, Xitoy rahbariyatining qöşni davlatlar bilan döstona munosabatlarni rivojlantiriş va “Belboğ va yöl” global konsepsiyasini ilgari surişga qat’iy sodiqligi uşbu formatdagi hamkorlikning rivojlanişiga imkon bermoqda, - dedi davlatimiz rahbari.

Söng Özbekiston yetakçisi mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça öz nuqtai nazarini bayon qildi.

Avvalo, bu galgi uçraşuv xalqaro vaziyat sezilarli darajada yomonlaşgan bir şaroitda ötayotgani ta’kidlandi.

Raqobatning ortişi keskinlikning zörayişiga, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga yangi xavf va tahdidlar paydo bölişiga olib kelmoqda.

– Nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qiliş uçun kuç işlatiş vositalaridan foydalaniş özini oqlamaydi va bunga yöl qöyib bölmaydi, deb hisoblaymiz, - dedi Prezident. - Barça nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qiliş, xalqaro huquq me’yorlari va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti nizomi asosida faqat diplomatik sa’y-harakatlar yöli bilan – muzokaralar stolida hal etilişi şart.

Şu munosabat bilan sammit davomida mintaqaviy barqarorlikni ta’minlaşga umumiy hissa qöşadigan Abadiy yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma qabul qilinişi tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Uşbu şartnomani rivojlantiriş maqsadida aniq mexanizm va loyihalarni kiritgan holda Uzoq muddatli şeriklik konsepsiyasini işlab çiqiş taklif etildi.

Özbekiston yetakçisi ta’kidlaganidek, Xitoy bilan savdo, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik Markaziy Osiyoning barça mamlakatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş strategiyalarini amalga oşirişda kuçli lokomotiv bölib xizmat qilmoqda.

Mintaqa mamlakatlarining ösib borayotgan salohiyati va Xitoyning sanoat sohasidagi yetakçiligini birlaştiriş bilimlar bilan almaşiş va texnologiyalar transferining samarali mexanizmlariga ega bölgan umumiy keng imkoniyatlar makoni paydo bölişiga olib kelişi mumkinligi ta’kidlandi.

Yangi iqtisodiy şeriklik dasturini tez fursatda qabul qiliş hamda Boş vazir örinbosarlari darajasida Savdo va investitsiyalar böyiça hududlararo kengaşni ta’sis etiş bu boradagi amaliy qadam böladi. Özbekiston tomoni kengaşning birinçi yiğilişini joriy yil oxirigaça ötkazişga tayyorligi bildirildi.

Savdo aloqalarini rağbatlantiriş maqsadida Özbekiston Prezidenti "Raqamli makon va yöl" doirasida "Raqamli Ipak yöli" köp tomonlama savdo platformasini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.

Şuningdek, reglament va standartlarni yaqinlaştiriş, eksport mahsulotlarini Xitoy talablari asosida sertifikatlaş uçun Toşkent şahrida Sanoatda standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş mintaqaviy markazini taşkil etiş zarurligi ta’kidlandi.

Biznes, yetakçi ilmiy-tadqiqot institutlari va muhandislik markazlarini jalb qilgan holda, texnologiyalar transferi böyiça alohida "yöl xaritasi"ni qabul qiliş taklifi bildirildi.

Özbekiston yetakçisi iqtisodiy salohiyatni samarali röyobga çiqariş uçun sanoat va infratuzilmaviy özaro boğliqlikni kuçaytiriş zarurligiga alohida töxtaldi. Şu maqsadda "Markaziy Osiyo - Xitoy" sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini işlab çiqiş taklif etildi.

Xitoy investitsiyalari, texnologik va ilmiy yeçimlarini jalb qilgan holda, özaro boğlangan sanoat klasterlari, texnoparklar va logistika xablari tizimini yaratiş şular jumlasidan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy energetika tizimlarini özaro boğlaş, jumladan, yuqori kuçlanişli elektr uzatiş liniyasini barpo etiş megaloyihasini amalga oşiriş masalalari ham diqqat bilan örganilişi lozim.

Mintaqaviy ahamiyatga molik yirik loyihalarni qöllab-quvvatlaşga qodir bölgan samarali moliyaviy vositalarni joriy etiş masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda.

– Bugungi kunda amalda bölgan xalqaro mexanizmlar, heç şubhasiz, muhim rol öynamoqda, ammo mintaqaning investitsiyaga bölgan talabini töliq qoplay olmayapti. Ekspertlarning xulosasiga köra, Markaziy Osiyoni infratuzilmaviy rivojlantirişda kapital qöyilmalar taqçilligi bir neça yuz milliard dollar deb baholanmoqda", - dedi Özbekiston yetakçisi.

Şu munosabat bilan infratuzilmaviy taşabbuslarni ilgari suriş uçun samarali platforma böla oladigan "Markaziy Osiyo - Xitoy" taraqqiyot fondini ta’sis etiş imkoniyatini körib çiqiş taklif qilindi.

Markaziy Osiyo va Xitoyning transport jihatidan özaro boğliqligini rivojlantiriş yana bir ustuvor yönaliş sifatida qayd etildi.

"Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston" temir yöli qurilişi boşlangani Yevroosiyo makonidagi yangi transport va tranzit kommunikatsiyalari tizimining muhim elementi ekani ta’kidlandi. Şu bilan birga, Transafğon temir yöl magistrali loyihasini amalga oşiriş yanada keng imkoniyatlar eşigini oçadi.

– Uşbu strategik soha istiqboliga oid umumiy yondaşuvlarni işlab çiqiş uçun transport idoralarimizga dala tadqiqotlarini olib boriş, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş imkoniyatlarini örganiş, muqobil yölaklar böyiça yuklarni taşiş borasida sinov tariqasidagi loyihalarini amalga oşiriş uçun ekspertlar guruhlarini şakllantiriş yuzasidan topşiriq berişimiz zarur, deb hisoblayman, - dedi Özbekiston yetakçisi.

Uşbu guruhlar işining natijalari asosida kelgusi sammitga qadar transport yölaklari va zamonaviy tranzit infratuzilmasining yagona xaritasini şakllantiriş böyiça aniq va asoslangan takliflar işlab çiqilişi kerak.

Davlatimiz rahbari iqlim özgarişining barqaror rivojlaniş uçun jiddiy tahdidlariga e’tibor qaratib, 2030 yilgaça möljallangan "Yaşil" rivojlaniş dasturini qabul qilişni jadallaştiriş, şuningdek, çöllanişga qarşi kuraşiş, degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş, qurğoqçil va çöl hududlarida bioekologik barqarorlikni oşiriş böyiça muloqot va şeriklik uçun Ekologik alyansni tuzişga çaqirdi.

– Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik imkoniyatlariga alohida töxtalişni istar edim. Aynan uşbu yönalişlar bugungi kunda milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoşligini belgilab, uzoq muddatli ösişning drayveri bölmoqda, - dedi Prezidentimiz.

Iqtisodiy hamkorlikning barqaror raqamli infratuzilmasini şakllantiriş maqsadida katta ma’lumotlar bazalari va protsessing markazlarining Özaro integratsiyalaşgan banklar tarmoğini yaratiş, şuningdek, asosiy energetika va transport yönalişlari böylab "Markaziy Osiyo - Xitoy" optik tolali aloqa liniyasining raqamli trassasini barpo etiş taklif qilindi.

– Xalqlarimizning bir-birining madaniyatini özaro boyitiş va yaqinlaşişga bölgan umumiy intilişi – bu bizning bebaho boyligimizdir. Bugun qabul qilinayotgan Özaro taşriflarni yengillaştiriş böyiça taşabbus va Madaniy-gumanitar tadbirlar dasturi aynan şu maqsadlarga qaratilgan, - dedi Prezidentimiz.

Bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoyning tarixiy-madaniy resurslarini özida mujassam etgan, tadqiqotçilar, talabalar, sayyohlar va kreativ industriya vakillarini qamrab olgan "Ipak yöli madaniy merosi" yagona raqamli portalini yaratiş taklif qilindi.

Şuningdek, professional ta’lim sohasida hamkorlik dasturini işlab çiqiş, universitet rektorlari forumlari, fanlar akademiyalari va ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlarining uçraşuvlarini ötkaziş orqali umumiy ilmiy-ta’lim platformasini şakllantiriş maqsadga muvofiqligi körsatib ötildi.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik asosiy ustuvor yönalişlardan biri bölib qolmoqda. Şu munosabat bilan Prezidentimiz terrorizm, ekstremizm, radikalizm, narkotrafik, noqonuniy migratsiya va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda maxsus xizmatlar va xavfsizlik kengaşlari orqali köp tomonlama axborot almaşiş mexanizmlarini yölga qöyiş muhimligini ta’kidladi.

– Biz uçun nafaqat qöşni, balki umumiy tarixiy-madaniy va iqtisodiy makonimizning ajralmas qismi bölgan Afğoniston muammolariga xalqaro hamjamiyat e’tiborining pasayişi jiddiy taşviş uyğotmoqda, - dedi Özbekiston yetakçisi.

Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining Afğoniston bilan hamkorligida töplangan boy tajribani qayd etib, Özbekiston Prezidenti uşbu mamlakatning tiklanişiga kömaklaşiş va uni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etiş masalalarini körib çiqiş böyiça yuqori darajadagi guruhni ta’sis etişni taklif qildi.

Guruh uçraşuvini Termiz şahrida Afğoniston vakillari iştirokida ötkazişga tayyorlik bildirildi.

Davlatimiz rahbari sözining yakunida Özbekiston "Markaziy Osiyo - Xitoy" formatidagi oçiq muloqot, pragmatik va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş tarafdori ekanini ta’kidladi.

Yiğiliş söngida davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasi va Abadiy yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani imzoladilar.

Şuningdek, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli töplami qabul qilindi.

Sammit yakunida kambağallikka qarşi, çöllanişga qarşi kuraşiş, ta’lim sohasidagi hamkorlik markazlari hamda tösiqsiz savdo böyiça hamkorlik platformasini işga tuşiriş marosimi böldi.

 

uza.uz

Ulaşiş: