Özbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jönab ketdi
02.07.2025 12:12190
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatga jönab ketdi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Boku şahrida Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi majlisi va boşqa oliy darajadagi tadbirlar bölib ötadi. Özbekiston bilan Ozarbayjon örtasidagi döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqiladi.
Mamlakatimiz yetakçisi Xonkendi şahrida ötkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammitida ham iştirok etadi.

