Özbekiston va Ozarbayjon yetakçilari Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişini ötkazdilar

Özbekiston va Ozarbayjon yetakçilari Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişini ötkazdilar

03.07.2025 14:02182

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev "Zagulba" qarorgohida tor doirada uçraşuv va Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişini ötkazdilar.

Özbekiston-Ozarbayjon döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarida kooperatsiya va almaşinuvlarni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari bu galgi davlat taşrifi va Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişi mamlakatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30-yilligi nişonlanayotgan yilda ötayotganini alohida ta’kidladi.

- Munosabatlarimiz tarixda heç qaçon bugungidek yuksak darajada bölmagan, - dedi Özbekiston yetakçisi.

Prezidentlar köp qirrali hamkorlik barça darajalarda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar. Keça Xiva şahrida birinçi Parlamentlararo forum bölib ötdi. Bokuda Hukumatlararo komissiya yiğilişi va Hududlar forumi samarali ötdi. Yaqinda Andijonda ilk bor rektorlar forumi taşkil etilib, 60 dan ortiq şartnoma imzolandi. Ozarbayjonning "Şirvon" ansambli Xiva baxşiçilik festivali gran-prisini qölga kiritdi.

Iqtisodiy kooperatsiya yilida tovar ayirboşlaş hajmi 25 foizga oşdi. Loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetgan. 300 ga yaqin qöşma korxona faoliyat körsatmoqda.

Taşrif davomida Boku şahrida "Özbekiston" boği qurilişiga start beriladi va mamlakatimizning Ozarbayjondagi elçixonasi yangi binosi oçiladi.

Parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar va hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi. Xalqaro tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş muhimligi ta’kidlandi.

Tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkaziş imkoniyatlari atrofliça körib çiqildi. Sanoat, infratuzilma, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, turizm, bank va boşqa sohalardagi loyihalarni öz içiga olgan alohida Kooperatsiya dasturi qabul qilinayotgani ta’kidlandi.

Qöşma investitsiya kompaniyasi faoliyatini kengaytiriş muhimligi qayd etildi. Tadbirkorlar kengaşi hamda Sanoat va iqtisodiy zonalar forumi kabi hamkorlikning yangi formatlari qöllab-quvvatlandi.

Transport-kommunikatsiya sohasidagi şeriklikka alohida e’tibor qaratildi. Örta yölakni rivojlantirişda iştirok etiş loyihalari muhokama qilindi.

Uşbu yölak orqali taşilayotgan Özbekiston yuklari hajmi 25 foizga - 1 million tonnadan ziyodga oşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bundan taşqari, joriy yil mart oyidan boşlab yuk taşişda elektron ruxsatnomalarga ötiş ta’minlandi.

Şuningdek, Yevropaga elektr energiyasini eksport qiliş böyiça qöşma loyihani tayyorlaşni jadallaştirişga kelişib olindi.

Diplomatik munosabatlar yubileyini munosib nişonlaş maqsadida tomonlar joriy yilning kuzida qator qöşma madaniy va yoşlar tadbirlarini ötkazişga kelişib oldilar.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.

Majlisda Hukumatlararo komissiya hamraislari, transport, energetika va madaniyat vazirlarining muzokaralar kun tartibi yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Yiğiliş yakunlari böyiça "yöl xaritasi"ni qabul qilişga kelişib olindi.

 

president.uz

Ulaşiş: