Prezidentlar Özbekistonning Ozarbayjondagi elçixonasi yangi binosini oçdilar

Prezidentlar Özbekistonning Ozarbayjondagi elçixonasi yangi binosini oçdilar

03.07.2025 14:07185

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat taşrifi doirasida mamlakatimizning Boku şahridagi elçixonasi yangi binosining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev iştirok etdilar.

Yetakçilar ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravişda oçdilar.

Davlat rahbarlari diplomatlarning ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga qaratilgan samarali faoliyati uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Elçixona zallari Özbekiston hududlari nomi bilan atalgan. Prezidentimiz xalqlarimiz örtasidagi döstlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qoraboğ nomini berişni taklif etdi.

Yakunda Prezidentlar elçixonaning Faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdilar.

 

president.uz

Ulaşiş: