Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammitidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Sizlar bilan qadimiy Qoraboğ zaminida, noyob tarixiy va madaniy merosni özida mujassam etgan körkam Xonkendi şahrida körişib turganimizdan behad mamnunman.
Bugun uşbu hudud tom ma’noda bunyodkorlik va tinçlik makoniga aylanib borayotgani çin qardoş sifatida bizni çeksiz quvontiradi.
Aynan şu zaminda Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining sammitini yuksak darajada taşkil etayotgani va samimiy qabul uçun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Aliyev Janobi Oliylariga çuqur minnatdorlik izhor etaman.
Toşkentdagi tarixiy sammitimizdan keyin Taşkilotning institutsional salohiyatini mustahkamlaş, yangi yönalişlarda hamkorlikni yölga qöyiş borasida sezilarli yutuqlarga erişildi.
Fursatdan foydalanib, Taşkilotimiz doirasida Qozoğiston Respublikasining samarali raisligini ham alohida ta’kidlab ötmoqçiman.
Şu bilan birga, anjumanimizda uzoq tanaffusdan söng Afğoniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasi iştirok etayotganidan xursandmiz. Çunki biz qöşni Afğonistonni Taşkilotimiz makonining ajralmas bir qismi, keng kölamli iqtisodiy hamkorlik va transport sohasidagi özaro boğliqlik jarayonlarining muhim iştirokçisi sifatida köramiz va har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz.
Hurmatli yiğiliş qatnaşçilari!
Bugungi sammitimiz butun dunyo hamjamiyati keskin inqirozni boşidan keçirayotgan murakkab bir şaroitda bölib ötmoqda.
Ayniqsa, aksariyat ziddiyat va nizolar aynan bizning Taşkilotimiz makonida sodir bölayotgani fikrimizning yaqqol isbotidir. Sönggi oylarda Janubiy Osiyo va Yaqin Şarqda yuz bergan voqealar barçamizni çuqur taşvişga solmoqda.
Xalqaro huquq va global xavfsizlik institutlarining tanazzuli muloqot va hamkorlikni yanada zaiflaştirib, kuç işlatiş va zöravonlikka keng yöl oçmoqda. Xususan, Taşkilotimiz a’zosi bölgan Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani uruş girdobiga tortiş, keng miqyosdagi ekologik halokat öçoğining vujudga keliş xavfini tuğdirdi.
Eron va Isroil örtasida öt oçişni töxtatiş böyiça erişilgan kelişuvni qöllab-quvvatlaymiz. Uşbu qarorni mintaqadagi keskinlikni yumşatiş, xavfsizlikni tiklaş yölidagi muhim qadam sifatida baholaymiz.
Bu kelişuv barça muammolarni diplomatik va konstruktiv muzokaralar yöli bilan hal etiş uçun mustahkam zamin yaratişiga işonamiz.
Ommaviy qirğin qurollarini tarqatmaslik va ularni işlatişdan tiyiliş xalqaro xavfsizlikning eng dolzarb masalasi ekanini inobatga olib, dunyo hamjamiyatini yana bir bor yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirişga çaqiramiz.
Ta’kidlaş joizki, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Şarqdagi tinçlik va barqarorlikka erişiş mumkin emas.
Biz Ğazo sektorida harbiy harakatlarni töxtatiş, oçlik va ğayriinsoniy şaroitdan azob çekayotgan aholiga gumanitar yordam körsatişga heç qanday tösiq qöymaslik, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq mustaqil Falastin davlatini taşkil etiş tarafdorimiz.
Hurmatli sammit iştirokçilari!
Har qanday tinçlik va taraqqiyotning asosi, eng avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan belgilanadi. Şu bois Taşkilotimiz doirasidagi şeriklik bugungi kunda nafaqat tabiiy, balki muhim strategik ahamiyatga ega.
Yiğilişimiz kun tartibidan kelib çiqib, bir qator masalalarga e’tiboringizni qaratmoqçi edim.
Eng avvalo, biz Taşkilotimizning örta va uzoq davrdagi ustuvor rivojlaniş yönalişlarini belgilab olişimiz kerak.
Bu borada “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari – 2035” konsepsiyasini qabul qilişimiz zarur. Hujjatda savdo, investitsiya, transport, energetika, sanoat, qişloq xöjaligi, ekologiya, turizm va ta’lim kabi an’anaviy yönalişlar bilan birga, innovatsiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida hamkorlikni kuçaytirişga alohida e’tibor qaratiş lozim.
Taşkilotimiz doirasida tovar va xizmatlar savdosini soddalaştiriş, texnik va notarif tösiqlarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş, elektron savdoni rivojlantiriş masalalari ayniqsa dolzarbdir.
Şunga e’tiboringizni qaratmoqçiman: hozirgi kunda özaro savdo hajmi past darajada qolmoqda. Bu körsatkiç 2024-yilda 95 milliard dollarni taşkil etib, davlatlarimiz umumiy savdo aylanmasining 10 foizini taşkil etdi.
Mazkur yönalişda strategik masalalarni muhokama qiliş, Savdoni soddalaştiriş töğrisidagi bitimni kelişiş maqsadida joriy yil Toşkentda savdo vazirlarimizning uçraşuvini ötkaziş taklifini ilgari suramiz.
Bundan taşqari, qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosi böyiça tezkor ma’lumot almaşiş va tösiqsiz yetkazişga qaratilgan “yaşil yölaklar” tizimini yaratiş dolzarbdir.
Sarmoyaviy hamkorligimizni yangi bosqiçga olib çiqiş, investitsiya muhitini yanada şaffof va jozibador qiliş maqsadida uzoq muddatli “Ekoinvest” dasturini qabul qiliş taşabbusini ilgari suramiz. Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etiş, deb hisoblaymiz.
Yana bir ustuvor yönaliş. Sönggi vaqtdagi geosiyosiy voqealar xalqaro logistika zanjirlarining uziliş xavfi naqadar yuqoriligi hamda muqobil transport yölaklarini şakllantiriş strategik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor isbotladi.
Ötgan yili Xitoy – Qirğiziston –Özbekiston temir yöli loyihasini amalga oşirişni boşlaganimiz muhim voqea böldi. Kelgusida uşbu magistral tarmoq Transafğon yölagi bilan tutaşib, keng mintaqamizdagi tranzit tarmoqlarini samarali birlaştiriş imkonini beradi.
Transport va logistika sohasini raqamlaştiriş işlarini tizimli asosda yölga qöyiş maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini taşkil etiş töğrisidagi taşabbusni amalda tatbiq etiş vaqti keldi, deb hisoblaymiz va ekspertlar darajasidagi muzokaralarni jadallaştiriş tarafdorimiz.
Mintaqada yangi aviaqatnovlar yönalişlarini oçiş, aviakompaniyalar örtasida innovatsion hamkorlik şakllarini yölga qöyiş, turizm va aviatsiya sohalari örtasida marketing böyiça integratsiyalaşgan strategiyalarni işlab çiqiş dolzarb vazifalardan biridir. Uşbu masalalarni muhokama qiliş maqsadida Milliy aviakompaniyalar forumini Samarqandda taşkil etişni taklif qilamiz.
Istiqbolda turizm sohasida sayyohlar oqimini ikki barobar oşiriş uçun yetarli salohiyatga egamiz. Taşkilot doirasida “Turizm xizmatlarini kengaytiriş böyiça “yöl xaritasi”ni işlab çiqiş ayni şu ezgu maqsadimizga xizmat qiladi.
E’tiboringizni yana bir muhim masalaga qaratmoqçiman.
Global iqlim kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan davlatlarimizning intiliş va sa’y-harakatlarini birlaştiriş muhimdir. Boku şahrida muvaffaqiyatli ötgan COP-29 global iqlim sammitida qabul qilingan majburiyatlar va kelişuvlar töliq amalga oşirilişining qat’iy tarafdorimiz.
Taşkilot doirasida çöl hududlarida örmonlar taşkil qiliş, rekreatsiya zonalarini barpo etiş böyiça Transçegaraviy “yaşil dasturi”ni işlab çiqişni taklif etamiz.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Taşkilotimiz faoliyatini takomillaştiriş maqsadida taşkil etilgan Yuqori darajadagi qömitaning işini ijobiy baholaymiz. Qömitaga kelgusi sammitga qadar Taşkilot faoliyatini isloh qiliş böyiça aniq taklif va tavsiyalar işlab çiqiş vazifasini topşirsak, öylaymanki, uşbu fikrimni ma’qullaysizlar.
Bunday islohotlar hamkorligimizni yangi bosqiçga olib çiqiş, Taşkilotning xalqaro maydondagi obrö-e’tibori va nufuzini yanada oşiriş hamda uning faoliyatini zamon talablariga mos ravişda takomillaştirişga xizmat qilişi şubhasiz.
Işonaman, bugungi sammitimiz köpqirrali va amaliy hamkorligimizni yangi bosqiçga kötariş borasidagi katta niyat va rejalarimizga munosib turtki bağişlaydi.
E’tiboringiz uçun rahmat!

