Özbekiston Prezidenti IHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini qayd etdi

Özbekiston Prezidenti IHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini qayd etdi

08.07.2025 01:28187

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Xonkendi şahrida Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 17-sammitida iştirok etdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida ötgan tadbirda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan, Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif, Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri Oljas Bektenov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining örinbosari - taşqi işlar vaziri Raşid Meredov, Afğoniston Boş vaziri örinbosari vazifasini bajaruvçi Mulla Abdul Ğani Barodar, IHT boş kotibi Asad Majid Xon hamda boşqa qator davlatlar va mintaqaviy taşkilotlar delegatsiyalari rahbarlari qatnaşdi.

IHT doirasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşildi.

Davlatimiz rahbari sözining avvalida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdid solayotgan xavf-xatarlarni qayd etdi.

Özbekiston yetakçisi mojaro va nizolarni diplomatiya va konstruktiv muzokaralar yöli bilan hal etiş muhim ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Şu bilan birga, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Şarqda tinçlik va barqarorlikka erişib bölmasligi ta’kidlandi.

Yiğiliş kun tartibiga ötar ekan, Özbekiston Prezidenti qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi.

Avvalo, taşkilotning örta va uzoq muddatli istiqbolga möljallangan rivojlaniş ustuvor yönalişlarini ilgari suriş maqsadida "Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari - 2035" konsepsiyasini qabul qiliş muhimligi qayd etildi. Hujjatda an’anaviy yönalişlar bilan bir qatorda innovatsiyalar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratiş zarur.

Ayniqsa, tovarlar va xizmatlar savdosini soddalaştiriş, texnik va notarif tösiqlarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş, elektron tijoratni rivojlantiriş masalalari dolzarb bölib qolmoqda.

Bu boradagi strategik masalalarni muhokama qiliş va Savdoni soddalaştiriş töğrisidagi bitimni qabul qiliş uçun joriy yilda Toşkent şahrida savdo vazirlarining uçraşuvini ötkaziş taklif qilindi.

Davlatimiz rahbari qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosi böyiça tezkor axborot almaşiş va ularni tösiqsiz yetkazib beriş uçun "yaşil yölaklar" tizimini yaratiş taşabbusini ilgari surdi.

Investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, yanada şaffof va jozibador investitsiya muhitini şakllantiriş maqsadida uzoq muddatli "Ekoinvest" dasturini qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi.

- Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etiş, deb hisoblaymiz, - dedi Özbekiston yetakçisi.

Hozirgi geosiyosiy şaroitda muqobil transport yölaklarini şakllantiriş strategik ustuvor vazifadir. Istiqbolli Transafğon yölagiga tutaştirilişi mumkin bölgan Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston temir yöli loyihasi keng mintaqadagi tranzit tarmoqlarini samarali boğlaş imkonini berişi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari transport-logistika sohasini raqamlaştiriş böyiça tizimli işlarni yölga qöyiş maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini taşkil etişni tezlaştiriş taklifini ham ilgari surdi.

- Mintaqada yangi aviaqatnovlar yönalişlarini oçiş, aviakompaniyalar örtasida innovatsion hamkorlik şakllarini yölga qöyiş, turizm va aviatsiya sohalari örtasida marketing böyiça integratsiyalaşgan strategiyalarni işlab çiqiş dolzarb vazifalardan biridir, - dedi Özbekiston rahbari.

Şu masalalarni muhokama qiliş uçun joriy yilda Samarqandda Milliy aviakompaniyalar forumini ötkaziş taklif qilindi.

Sayyohlar oqimini ikki barobar oşiriş uçun katta salohiyat borligi körsatib ötildi. Taşkilot doirasida turizm xizmatlarini kengaytiriş böyiça "yöl xaritasi" qabul qilinişi bunga xizmat qiladi.

Global iqlim kun tartibidagi masalalarda sa’y-harakatlarni birlaştiriş muhimligini qayd etib, Prezidentimiz çöl hududlarida örmonlar taşkil qiliş va rekreatsiya zonalarini barpo etiş böyiça Transçegaraviy "yaşil dastur" işlab çiqiş taşabbusini ilgari surdi.

Özbekiston yetakçisi Yuqori darajadagi qömita işini ijobiy baholab, unga kelgusi sammitga qadar IHT faoliyatini takomillaştiriş böyiça aniq tavsiyalar tayyorlaş vazifasini topşirişni taklif qildi.

- Islohotlar hamkorligimizni yangi bosqiçga olib çiqiş, Taşkilotning xalqaro maydondagi obrö-e’tibori va nufuzini yanada oşirişga xizmat qiladi, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari sözining yakunida uşbu sammit Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti doirasidagi köp qirrali amaliy hamkorlikka kuçli sur’at bağişlaşi va yangi bosqiçni boşlab berişiga işonç bildirdi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: