Özbekiston Prezidentining Ozarbayjonga davlat taşrifi yakunlandi

Özbekiston Prezidentining Ozarbayjonga davlat taşrifi yakunlandi

08.07.2025 01:31186

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat taşrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari 2-iyul kuni Boku şahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan samarali muzokaralar ötkazdi.

Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi majlisi bölib ötdi. Özbekiston-Ozarbayjon döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari hamda amaliy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi.

Taşrif doirasida hamkorlikning turli yönalişlari böyiça ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami imzolandi.

Yetakçilar Boku şahrida birgalikda "Özbekiston" boğiga asos soldilar va Özbekiston elçixonasining yangi binosini oçdilar, "Sea Breeze" dam oliş maskani faoliyati bilan tanişdilar.

3-iyul kuni Özbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidenti hamrohligida Xonkendi şahridagi qöşma tikuvçilik fabrikasi faoliyati hamda Ağdam şahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanişdi.

Bugun davlatimiz rahbari Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 17-sammitida iştirok etib, şeriklikning ustuvor yönalişlarini körsatib ötdi va qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif va Afğoniston Boş vaziri örinbosari vazifasini bajaruvçi Mulla Abdul Ğani Barodar bilan ikki tomonlama uçraşuvlar bölib ötdi.

Taşrif tadbirlari yakunlangaç, davlatimiz rahbari Toşkentga jönab ketdi. Fuzuliy xalqaro aeroportida Prezidentimizni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boşqa rasmiy şaxslar kuzatib qöydi.

 

president.uz

Ulaşiş: