Özbekiston va Qatar yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Qatar yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

09.07.2025 08:24192

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Özbekiston-Qatar strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali amayliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Qatar Amirining Yaqin Şarqda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.

Keyingi paytlarda jadal tus olgan ikki tomonlama muloqot va almaşinuvlar samarali bölayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Özaro tovar ayirboşlaş va investitsiya körsatkiçlari faol ösmoqda, sanoat kooperatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qiliş böyiça yirik loyihalar texnik jihatdan tayyorlanmoqda va amalga oşirilmoqda.

Şu ma’noda, bölajak yuqori darajadagi tadbirlar, şu jumladan taşqi işlar vazirlari raisligidagi Muvofiqlaştiruvçi kengaşning birinçi uçraşuvi, Hukumatlararo komissiya, Işbilarmonlar kengaşi yiğilişlari va biznes forumi natijador bölişiga muhim e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Özbekiston va Qatar yetakçilari oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham körib çiqdilar.

 

president.uz

Ulaşiş: