Özbekiston va Rossiya yetakçilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Rossiya yetakçilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildilar

11.07.2025 15:52156

8-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bölib ötdi.

Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboşlaş körsatkiçlarini oşiriş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari suriş, hududlar darajasidagi samarali aloqalarni, faol madaniy-gumanitar va ta’lim almaşinuvini kengaytiriş maqsadida özaro muvofiqlaşgan işlar va amaliy idoralararo hamkorlikni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.

Şu ma’noda, joriy yilning kuzida ötkazilişi rejalaştirilgan Özbekiston va Rossiya hududlari kengaşining ikkinçi yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş va uning natijadorligini ta’minlaş zarurligi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak tadbirlar rejasini körib çiqdilar.

 

 

president.uz

Ulaşiş: