Toşkent qiyofasini yaxşilaş rejalari taqdimot qilindi
Davlatimiz rahbari Toşkent va Yangi Toşkent şahri uçun “yeçimlar atlasi” taqdimoti bilan tanişdi.
Mamlakatimizning iqtisodiy rivoji poytaxtimiz qiyofasida yaqqol namoyon. Barça tumanlar va şahar atrofida bunyodkorlik sur’ati jadal. Sönggi yillarda Yangi Toşkent qurilişi ham boşlanib, bir butun megapolisga aylanmoqda.
Hududni muvozanatli rivojlantiriş maqsadida Toşkent şahrining 2045-yilgaça bölgan davrga möljallangan boş rejasi qabul qilindi. Unda şaharning quriliş rejalari, muhandislik va yöl-transport infratuzilmasi, muhofaza hududlari böyiça asosiy körsatkiçlar belgilangan.
“Yeçimlar atlasi” uşbu Boş rejaning mantiqiy davomi bölib, unda şaharning taşqi qiyofasi, köçalar muhiti böyiça umumiy talablar qayd etilgan. Bu katalog-ma’lumotnoma qurilmalarni loyihalaştiriş, örnatiş va ulardan foydalaniş qoidalarini qamrab olgan beşta kitobdan iborat. Har bir qismda jamoat joylarini taşkillaştiriş va obodonlaştiriş, binolarning taşqi qismini yagona me’moriy qiyofaga keltiriş böyiça tavsiyalar berilgan.
Masalan, hozirgi standart böyiça yöllarni quriş va ta’mirlaş qatnov qismining “qizil çiziği”gaça bajariladi. Rivojlangan şaharlar tajribasida bu köçaning ikki tarafidagi binodan binogaça tamoyilida amalga oşiriladi. Şunda oraliqda qarovsiz joy qolmay, yöl böyi yaxlit va mutanosib obodonlaştiriladi.
Atlas şahar muhitini loyihalaşda barqaror rivojlaniş maqsadlarini hamda milliy koloritni tatbiq etişga xizmat qiladi. Uyğun va ekologik toza maskanlarni yaratişga kömaklaşib, aholining hayot sifatini yaxşilaydi. Oçiq jamoat joylarini rivojlantiriş böyiça yangi loyihalarda xatolarga yöl qöymaslik imkonini beradi.
Taqdimotda uşbu talablarning mazmun-mohiyati va undan kelib çiqadigan vazifalar körib çiqildi. Şaharning öziga xosligini saqlagan holda qiyofasini yanada yaxşilaş, yöl böylarini obodonlaştiriş, turmuş madaniyatini oşiriş böyiça körsatmalar berildi.

