Özbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabatlar örnatdi

Özbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabatlar örnatdi

14.07.2025 16:40134

NYU-YORK, 12-iyul. /"Dunyo" AA/. 10-iyul kuni Nyu-York şahrida Özbekiston va Eritreya örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisida Qöşma kommyunike imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan Özbekistonning BMTdagi doimiy vakili Uluğbek Lapasov va Eritreyaning BMTdagi doimiy vakili Sofiya Tesfamariam imzoladi.

Tomonlar xalqaro taşkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslaşgan muassasalari doirasida qöşma hamkorlikni mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning özaro manfaatli yönalişlarini topiş uçun ikki tomonlama aloqalarni faollaştiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Hujjatning imzolanişi Özbekistonning Afrika qit'asi bilan özaro hamkorligini faollaştirişda muhim qadam böldi.

Şu tariqa, Afrikaning şimoli-şarqida joylaşgan Eritreya davlati Özbekiston bilan diplomatik munosabatlar örnatgan 162-davlat böldi.

 

 

dunyo.info

Ulaşiş: