Özbekiston delegatsiyasining Qozonga amaliy taşrifi: asosiy e’tibor mehnat migratsiyasi va Tatariston bilan hamkorlikni kengaytirişga qaratildi

Özbekiston delegatsiyasining Qozonga amaliy taşrifi: asosiy e’tibor mehnat migratsiyasi va Tatariston bilan hamkorlikni kengaytirişga qaratildi

17.07.2025 13:21200

14-iyul kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev boşçiligidagi delegatsiya Volgaböyi federal okrugiga amaliy taşrif doirasida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uçraşuv ötkazdi.

Muzokaralar çoğida mehnat migratsiyasi, Tatariston hududida mehnat qilayotgan Özbekiston fuqarolari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, iqtisodiy, ta’lim va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tatariston Raisi respublikada özbekistonlik mehnat migrantlarining mintaqa iqtisodiyoti rivojiga qöşayotgan hissasi yuksak qadrlanişini ta’kidlab, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlaş böyiça tizimli işlarni davom ettirişga tayyorligini tasdiqladi.

Öz navbatida, Özbekiston tomoni Tatariston rahbariyatining migratsiya masalalariga qaratayotgan e’tibori uçun minnatdorlik bildirib, Özbekiston xavfsiz, tartibga solinadigan va qonuniy mehnat migratsiyasini rivojlantirişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Tomonlar quyidagi yönalişlar böyiça hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar:
• migrantlarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini, şu jumladan axborot markazlari va maslahat maydonçalarini rivojlantiriş;
• mehnat migrantlari uçun malakalarni tan oliş va kasbiy ta’limni kengaytiriş;
• iqtisodiyot, investitsiya va logistika sohalarida hamkorlik;
• gumanitar aloqalarni, şu jumladan madaniy tadbirlar, akademik almaşinuvlar va yoşlar dasturlarini mustahkamlaş.

Şuningdek, Özbekiston va Tatariston hududlari örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni faollaştiriş, birodarlik aloqalari va qöşma biznes platformalarini rivojlantirişdan özaro manfaatdorlik bildirildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar Özbekiston-Rossiya strategik hamkorligini yanada rivojlantirişga hissa qöşgan holda muntazam muloqotni davom ettiriş va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga kelişib oldilar.

Xususan, tomonlar noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini işlab çiqiş, Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Tatariston Respublikasida mehnat faoliyatini taşkiliy ravişda jalb qiliş hajmini oşirişga kömaklaşiş böyiça işçi guruh tuzişga hamda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça qöşma çora-tadbirlarni qabul qiliş böyiça “Yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib oldilar. 

Şuningdek, Tatariston Respublikasining Inson huquqlari böyiça vakili S.X. Saburskayaning Özbekiston fuqarolariga tezkor huquqiy yordam körsatiş uçun Boş konsullik veb-saytida aloqa raqamlarini joylaştirişga roziligi olindi.

 

gov.uz

Ulaşiş: