Afğoniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi bilan uçraşuv töğrisida
Afğoniston Boş vaziri vazifasini bajaruvçi Mulla Muhammad Hasan Oxund Janobi Oliylari bilan uçraşuvdan mamnunmiz. Birodar va qöşni Afğoniston bilan özaro munosabatlarni yanada çuqurlaştirişga intilmoqdamiz.
Uçraşuvimiz davomida savdo, gumanitar hamkorlik va mintaqaviy boğliqlikni rivojlantiriş, jumladan, “Özbekiston - Afğoniston - Pokiston” temir yöli böyiça hadli bitimni muhokama qildik. Bu mintaqaviy integratsiya yölidagi muhim qadamdir.
Özbekiston hukumati infratuzilma, logistika, energetika va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlaşga tayyor. Afğoniston Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida köprik vazifasini bajarişi lozim, deb hisoblaymiz.

