Jizzax viloyatidagi qöşimça imkoniyatlar körsatib ötildi
Mamlakatimizning barça hududlarida imkoniyatlarni töla işga soliş çoralari körilmoqda. Ötgan yil 31-dekabrda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni jadallaştiriş böyiça Prezident qarori qabul qilinib, zarur masalalar hal etib berilgan edi. Xususan, unda 2025-yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etiş, eksportni 285 million dollarga yetkaziş, 168 ming odamni işli qiliş çora-tadbirlari belgilangandi.
Bu vazifalar birin-ketin bajarilmoqda. Ötgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qişloq xöjaligida 200 ta loyiha işga tuşdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi.
Natijadorlikni yanada oşiriş maqsadida Jizzax viloyati Zomin tumanida ham “Islohotlar ştabi” tuzilgan.
Davlatimiz rahbari taşrifi davomida viloyatda amalga oşirilişi rejalaştirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.
Xususan, “yagona darça” tamoyili asosida qişloq xöjaligi xizmatlarini bitta joyga jamlagan “Agromarkaz” taşkil etildi. Hosildorlikni oşirişga qaratilgan yangiça yondaşuvlar viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga ijobiy ta’sir etib, aholini köproq daromad topişiga imkon yaratmoqda.
Jizzax viloyati kartoşkaçilikni rivojlantirişga zamin qilib olinmoqda. Bugungi kunda Zomin ilmiy tajriba stansiyasida xorijiy va mahalliy seleksiyaga mansub 12 ta nav birlamçi uruğçiligi yölga qöyildi.
Odatda uruğlik kartoşka yetiştiriş 6-7-yilni va 8 ta bosqiçni talab qilsa, yangi taklifga köra, jarayon 4 bosqiçga kamaytirilib, 2-yilda tayyorlanadi. Bunda kartoşkaning yangi seleksiya navlaridan 12 tonna yuqori avlod super elita uruğlik aholi xonadonlariga bepul tarqatiladi. Natijada 120 tonna elita kartoşka uruğligi yetiştiriladi.
Şuningdek, dukkakli ekinlar ekiş, Zarbdor tumanidagi kanalda nasos stansiyalari va magistral quvurlar quriş rejalari belgilangan.
Jizzaxning turfa tabiati, toğli va çöl hududlari yilning tört faslida ham sayohat qiliş imkonini beradi. “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, Zomin aeroporti va yangi yöllar bu imkoniyatlarni kengaytirdi. Yirik 6 ta kanal böyida sayilgohlar taşkil qilindi. Endi “Aydar-Arnasoy” köllar tizimi qirğoq böyida ham zamonaviy turizm markazi barpo etiladi.
- Tumanlarga sanoatni olib kirib, odamlarni işli qilişga harakat qilyapmiz. Ilgari daşt bölgan joylarda zamonaviy korxonalar paydo bölyapti. Odamlarimiz hunaridan, tomorqasidan ham daromad topayapti. Lekin bu bugungi natija. Yangi avlod yetişib kelyapti, yoşlarimizning bilimi, talabi oşib boryapti. Ularning işlaşi, yaxşi yaşaşi uçun hozirdan zamin yaratişimiz kerak. Agar imkoniyatlardan töğri foydalanilsa, Zomin tumani işsizlikdan xoli hudud böla oladi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Ma’lumki, Kökdala tumanining yangi markazida san’at saroyi, san’at maktabi, umumta’lim maktabi va sport majmuasi yonma-yon barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari bu bolalarga qulay bölişini ta’kidlab, kelgusi loyihalarda şuni qöllaş zarurligini aytgan edi. Endi şu tajriba asosida Zomin tumanida ham madaniyat saroyi va san’at maktabi qurilişi rejalaştirilgan. Madaniyat saroyi 300 örinli bölib, tuman markazidagi 45 mingdan ortiq aholiga xizmat körsatadi. Bu yerda “Zomin sayqali” folklor-etnografik jamoasi, 13 ta tögarak faoliyat yuritadi.
Mutasaddilarga uşbu rejalar ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivoji böyiça topşiriqlar berildi.

