Rossiya Prezidenti Özbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Rossiya Prezidenti Özbekiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

25.07.2025 14:50181

24-iyul kuni bölib ötgan telefon orqali muloqotda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va davlat rahbari sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlarining ösiş sur’atini saqlab qoliş, yetakçi korxona va kompaniyalarning sanoat, energetika, qişloq xöjaligi va boşqa ustuvor yönalişlardagi kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, ikki mamlakat hududlarining samarali hamkorligini kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Faol madaniy-gumanitar almaşinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Özbekiston va Rossiya yetakçilari bölajak tadbirlar rejasini ham körib çiqdilar.

 

president.uz

Ulaşiş: