Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş rejalarini muhokama qildilar

Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş rejalarini muhokama qildilar

25.07.2025 14:53128

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myonning telefon orqali muloqoti bölib ötdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam soğlik, baxt-saodat va davlat rahbari sifatidagi faoliyatida yangi zafarlar, Özbekiston xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.

Özbekiston Prezidenti, öz navbatida, Janubiy Koreya rahbarini bölib ötgan Prezident saylovidagi işonçli ğalabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, belgilangan rejalarni amalga oşirişda katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Özbekiston-Koreya alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari batafsil körib çiqildi.

Tarixiy döstlik riştalari, öxşaş mentalitet, an’ana va qadriyatlarga asoslangan ikki tomonlama aloqalar izçil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Keyingi yillarda özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlari va qöşma korxonalar soni barqaror oşib bormoqda. Koreya kompaniya va taşkilotlarining Özbekiston iqtisodiyotiga töğridan töğri investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oşdi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi va Koreya Eksimbanki bilan samarali moliyaviy-texnik hamkorlik davom etmoqda.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama şeriklikning yangi kun tartibini şakllantiriş va oliy darajadagi faol muloqotlarni davom ettiriş muhim ekanini ta’kidladilar.

Şu ma’noda, Taşqi işlar vazirlari strategik muloqoti va Hukumatlararo komissiyaning bölajak yiğilişlarini samarali ötkazişga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy hamkorlik, şu jumladan "Markaziy Osiyo - Koreya Respublikasi" formati doirasidagi masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

 

president.uz

Ulaşiş: