Aholi bandligi va kasbiy ta’lim böyiça yangi yondaşuvlar taqdimot qilindi

Aholi bandligi va kasbiy ta’lim böyiça yangi yondaşuvlar taqdimot qilindi

28.07.2025 12:42175

Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlaş va kasbiy ta’lim tizimidagi yangi yondaşuvlarga oid taqdimot bilan tanişdi.

Joriy yilda bu sohada xorijiy tajriba asosida yangi yondaşuvlar yölga qöyildi. Banklar mahallalarga boğlanib, aholi bandligini ta’minlaşga xam hissa qöşmoqda. Xususan, birinçi yarim yillikda 3 milliondan ziyod aholi daromadli mehnatga jalb qilindi.

Kambağallikni qisqartiriş borasida yaratilgan tizim hamda sarflanayotgan mablağlar öz samarasini berib, joriy yilning 1-iyul holatiga köra, kambağallik darajasi 6,8 foizni taşkil qildi.

Aholi bandligini oşirişda kasbiy ta’lim sifati juda muhim.  Bu borada iş beruvçilar bilan hamkorlikni kengaytiriş, malaka oşirişni yangi darajaga kötariş hamda xususiy sektor iştirokini ta’minlaş talab etilmoqda. Kasbiy ta’limning mehnat bozori ehtiyojlariga mos kelmasligi kadrlar tayyorlaşda muayyan muammolarga sabab bölmoqda.

Mehnat munosabatlaridagi ayrim me’yorlar tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa, kiçik korxonalar uçun murakkablik tuğdirmoqda. Işga qabul qilişda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan töliq foydalanilmayapti.

Şuningdek, amaldagi talablar iş beruvçilarni haqiqiy vakansiyalarni oçiq e’lon qilişga rağbatlantirmaydi. Oqibatda bu ma’lumotlarni yaşirişga olib kelib, mehnat bozorini töğri tahlil qiliş hamda kasbiy ta’lim yönalişlarini aniqlaş imkonini çeklamoqda.

Taqdimotda mazkur muammolarni hal etişga qaratilgan yangi reja va taşabbuslar haqida ma’lumot berildi.

Unga muvofiq, mehnat organlari iş beruvçilarga nisbatan jazo qöllovçi emas, balki hamkor sifatida faoliyat yurituvçi, ularga xizmat körsatuvçi tuzilmaga aylanişi közda tutilmoqda.

Xususan, iş beruvçilar tomonidan böş iş örinlari töğrisidagi majburiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik va jönatilgan nomzodlarni işga olmaslik uçun jazo çoralarini bekor qiliş taklif etilmoqda. Bu orqali bandlik organlari iş beruvçilardan töğri va haqqoniy ma’lumotlarni töplab, ularga iş izlayotgan fuqarolarni yönaltiradi. Iş beruvçi esa nomzodni qabul qiliş yoki qilmaslikni özi hal etadi.

Uşbu tizimni joriy etiş uçun maxsus elektron platforma yaratilib, dastlab Toşkent şahrida tajriba tariqasida boşlanadi va keyinçalik butun mamlakat böyiça tatbiq etiladi.

Şu bilan birga, mutaxassis topiş murakkab bölgan vakansiyalar kasbiy ta’limning asosiy yönalişlariga aylantirilib, tayyorgarlik jarayonlarini maqsadli taşkil etişga xizmat qiladi.

Kasbiy ta’lim sifatini yanada oşiriş maqsadida xususiy sektor vakillarini Kasbiy könikmalar markazlari faoliyatiga jalb etiş, ayrim markazlarni esa aniq sohalar böyiça ixtisoslaştirilgan ta’lim maskanlariga aylantiriş rejalaştirilgan.

Mutasaddilarga kasbiy ta’limni uç bosqiçli tizimga ötkaziş vazifasi qöyildi. Jumladan, internet orqali bepul videodarslarni joriy etiş, işlovçi fuqarolarga qayta tayyorgarlik yoki malaka oşiriş uçun “kasb vauçeri” orqali imkoniyat yaratiş yuzasidan körsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari malakali kadrlar tayyorlaş respublikada işsizlik va kambağallikni qisqartirişga xizmat qiladigan eng muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi.

 

president.uz

Ulaşiş: