San’at va hunarmandçilik sohalariga oid takliflar körib çiqildi

San’at va hunarmandçilik sohalariga oid takliflar körib çiqildi

30.07.2025 09:58153

Prezident Şavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasida boşqaruvni takomillaştiriş, hunarmandçilikni rivojlantiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Xalqimizning ulkan ma’naviy merosi bor. Bugungi kunda odamlarning intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlari muttasil ortib bormoqda. Şu bois madaniyat sohasida boşqaruv va moliyalaştirişni takomillaştiriş, bu borada ilğor xorijiy tajribani joriy etiş közda tutilmoqda.

Xususan, madaniyat markazlarida davlat-xususiy şeriklik yölga qöyilib, ijodiy işlanmalarni rağbatlantiruvçi startap loyihalar amalga oşiriladi. Yoşlarda vatanparvarlik hissini kuçaytiruvçi, Özbekiston brendini yaratuvçi tarixiy, ilmiy va animatsion milliy mahsulotlar qöllab-quvvatlanadi.

Davlatimiz rahbari sohada ilğor xorijiy tajribani bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça körsatma berdi.

Ma’lumki, Özbekiston Prezidentining qarori bilan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti taşkil etilgan edi. Endi san’atkorning memorial muzeyini taşkil etiş, Botir Zokirov nomidagi stipendiya joriy qiliş, xalqaro estrada tanlovini ötkaziş rejalaştirilgan. Institutning bakalavriat bosqiçini tamomlagan eng faol bitiruvçilar çet elga magistraturada öqişga yuboriladi hamda iqtidorli talabalarning nufuzli xalqaro tanlovlarda iştiroki qöllab-quvvatlanadi.

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga taşrifi çoğida xalq artisti Şerali Jörayev xotirasini abadiylaştiriş taşabbusini bildirgan edi. Şunga muvofiq, Andijon şahridagi san’at maktabi negizida ijodkor nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi taşkil etiladi. Şerali Jörayev nomidagi milliy qöşiqçilik teletanlovi har yili ötkaziladi.

Oliy maktabda ilmiy-ijodiy laboratoriya tuzilib, Şerali Jörayev qöşiqlarining “oltin fondi” yaratiladi. Zamonaviy ovoz yoziş va tasvirga oliş studiyasi taşkil etilib, iqtidorli yoş ijodkorlar undan imtiyozli foydalanişi mumkin böladi.

Hozir yurtimizda Özbekiston davlat simfonik orkestri hamda filarmoniya tarkibida 8 ta professional orkestr faoliyat olib borayapti. Lekin ular faqat Toşkent şahrida, respublika darajasidagi tadbirlarda iştirok etadi, xolos.

Şu bois bunday orkestrlarni joylarda ham bosqiçma-bosqiç taşkil qiliş rejalaştirilgan. Jumladan, Farğona viloyatida simfonik orkestr va milliy çolğular orkestri tuziladi. Ular zarur musiqa asboblari, ovoz kuçaytiriş va yoritiş uskunalari, sahna liboslari va boşqa anjomlar bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari milliy va jahon san’atining sara asarlarini aholiga çuqur yetkaziş, tuman va şaharlarga gastrol safarlari uyuştiriş zarurligini ta’kidladi.

Madaniyati boy va rang-barang yurtimizda kreativ iqtisodiyot ravnaqi uçun juda keng imkoniyatlar bor. Bugungi kunda bu sohada 14 mingta korxona faoliyat yuritmoqda, ularda qariyb 100 ming kişi işlayapti. Kelgusi 5-yilda kreativ iqtisodiyot hajmini 2 karra köpaytiriş, yalpi içki mahsulotdagi uluşini 5 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Ötgan yili bu borada qonun qabul qilindi. Toşkentda Kreativ iqtisodiyot böyiça törtinçi butunjahon konferensiyasi ötkazildi. YUNESKO, YUNKTAD, Jahon intellektual mulk taşkiloti kabi xalqaro tuzilmalar, Fransiya, Italiya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Qatar kabi davlatlar bilan keng hamkorlik yölga qöyildi.

Kreativ industriyaning eng katta sohalaridan biri – hunarmandçilik. Yilning ötgan davrida bunday mahsulotlar eksporti 6,5 million dollarni taşkil qildi.

Taqdimotda hunarmandçilikni yanada rivojlantirişga qaratilgan takliflar körib çiqildi.

Jumladan, Buyuk Britaniya Qirollik fondi bilan hamkorlikda Toşkent şahrida akademik platforma yaratiş rejalaştirilgan. U orqali magistrlar tayyorlaş, tadqiqotlar ötkaziş, öquv qöllanmalarini joriy etiş yölga qöyiladi. Bu platforma bilan 3 mingdan ziyod iqtidorli hunarmandlar bosqiçma-bosqiç qamrab olinadi. Keyinçalik uni amaliy san’at maktabiga aylantiriş közda tutilgan.

2023-yilda Buxoro “Hunarmandçilik va xalq san’ati” yönalişida YUNESKOning kreativ şaharlar tarmoğiga kiritilgan edi. U yerda 2 ming nafar hunarmand 36 ta yönalişda ijod qiladi.

Sentyabr-noyabr oylarida Buxoroda birinçi zamonaviy san’at biyennalesi ötkaziladi. Unga 40 ta davlatdan 70 nafar maşhur rassom taşrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari madaniy turizmni rivojlantirişga katta turtki beradigan bunday yirik tadbirlarni yuqori saviyada taşkil qiliş muhimligini ta’kidladi.

Turizm böyiça yana bir salohiyatli hudud – Qoraqalpoğiston. Hozir u yerda 2 ming nafar yoşlar milliy hunarmandçilik bilan professional şuğullanayapti. Yana köplari şu kasblarni egallamoqçi.

Şu bois Nukusdagi “Istiqlol” boğini kreativ klasterga aylantirib, unda hunarmandlar va dizaynerlarga an’anaviy bilim va innovatsion ğoyalarni birlaştirgan holda ta’lim beradigan Orol maktabini taşkil qiliş möljallangan.

Mutasaddilarga loyihalarni sifatli bajariş va tadbirlarni yuqori saviyada ötkaziş böyiça körsatmalar berildi.

 

president.uz

Ulaşiş: