Qişloq xöjaligida kosmik ma’lumotlardan foydalaniş kengayadi

Qişloq xöjaligida kosmik ma’lumotlardan foydalaniş kengayadi

01.08.2025 16:51131

Prezident Şavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni qişloq xöjaligida kosmik ma’lumotlardan foydalaniş va raqamlaştiriş çora-tadbirlari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Bu keça bölib ötgan videoselektor yiğilişining mantiqiy davomi. Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini köpaytiriş masalasi körib çiqilar ekan, davlatimiz rahbari yerdan unumli foydalaniş, samaradorlikni oşiriş yöllarini körsatgan edi.

Buning uçun aniq hisob-kitob va tahlil juda zarur. Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan “Özbekkosmos” agentligi şunday imkoniyat bermoqda. 2024-yil 14-oktyabrdagi Prezident farmoniga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etilmoqda.

Jumladan, bu qişloq va suv xöjaligidagi haqiqiy holatni, kamçiliklarni oçiq-oydin körsatib berayapti. Ikki yil mobaynida sohada foydalanilayotgan 4 million gektardan ziyod yerlar kosmik monitoring qilindi. Aniqlanişiça, hisobotlarda körsatilgan ayrim maydonlarda paxta ekilmagan, ba’zan esa zaxiradagi yoki egasi noma’lum yerlarga ekilgan.

Şu bois davlat tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarning maqsadli işlatilişini masofaviy monitoring qiladigan tizim yölga qöyilişi belgilandi.

Iqlim özgarişi va suv taqçilligidan kelib çiqib, yurtimizda kam suv talab qiladigan yangi navlar va agrotexnologiyaga ötilmoqda. Lekin ekinlarni suğorişda suv sarfi me’yori hozirgi haqiqatdagi talabga javob bermasligi körsatib ötildi. Gidromodul rayonlaştiriş yondaşuvi ham eskirgan. Oqibatda kanallar oxirida joylaşgan 3 mingdan ziyod fermerga suv yetib bormayapti.

Qişloq va suv xöjaligi tizimidagi ilmiy institutlarni jalb qilgan holda suğoriş me’yori va gidromodul rayonlaştirişni töliq yangilaş vazifasi qöyildi.

Fermerlar sarflayotgan suvning haligaça aniq hisobi yöqligi qayd etilib, buning barça bosqiçlarini raqamlaştiriş, suvning konturma-kontur hisobini yuritiş zarurligi ta’kidlandi.

Suv omborlari siğimi ham loyihaviy quvvati böyiça hisoblanib kelinar edi. Sönggi ikki yilda 60 ta yirik suv ombori ilk bor batimetrik tahlildan ötkazildi. Loyqa çökkani sababli ayrimlarining siğimi kamaygani aniqlandi.

Şu bois barça suv omborlariga “aqlli” hisoblagiçlar örnatib, suv miqdorini onlayn kuzatiş, ulardagi loyqani kamaytiriş vazifalari körsatib ötildi.

– Yer bilan suv qişloq xöjaligimiz taqdirini hal qiluvçi masala, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yiğilişda sohani raqamlaştiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Hozir fermerlar yer, kredit, subsidiya va agroxizmatlar böyiça 30 dan ortiq platformadan foydalanyapti. Buni osonlaştiriş uçun ular birlaştirilib, “Raqamli qişloq xöjaligi” yagona integratsion platformasi işga tuşiriladi.

Endi dalasiga nima ekişni fermerning özi hal qiladi. Buni platformaga ham uning özi kiritadi. Natijada asosiy, takroriy va töqsonbosti ekinlar miqdori oldindan körinadi. Bu oziq-ovqat xavfsizligi, narx-navo barqarorligi va dehqonlarning daromadida juda muhim.

Boş vazir örinbosari J.Qöçqorov boşçiligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş böyiça komissiya tuzilişi belgilandi. Yetişmayotgan mahsulotni köpaytiriş uçun imtiyozli kredit va subsidiya beriladi.

Sohada uçuvçisiz apparatlardan foydalaniş ham rejalaştirilmoqda. Kuzda 100 dan ziyod zamonaviy dron olib kelinadi. Mutasaddilarga xususiy sektorni jalb etib, fermerlarga dronlar yordamida xizmatlarni yölga qöyiş böyiça körsatma berildi.

Somonpoyalarni yoqişga çek qöyişning qonuniy asoslarini yaratiş zarurligi aytildi.

Kosmik tadqiqotlarda quriliş, kadastr, noruda konlari, örmon va yaylov yerlari böyiça ham tahlillar borligi ta’kidlanib, vazirlar va hokimlarga ularni örganib, rejalar işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

 

president.uz

Ulaşiş: