Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib kördilar

Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib kördilar

07.08.2025 11:46126

BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça konferensiyasi doirasida davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon milliy kunlariga bağişlangan tadbirlarda iştirok etdilar.

Milliy kunlar mintaqa mamlakatlari xalqlarining boy madaniy merosini, mustahkamlanayotgan qöşniçilik aloqalarini va kengayib borayotgan madaniy-gumanitar hamkorligini namoyiş etiş maqsadida uyuştirildi.

Bu yerda an’analar va hunarmandçilikka bağişlangan, madaniyat, san’at va turizm sohalaridagi zamonaviy yutuqlar aks etgan milliy pavilonlar oçilgan. Şuningdek, milliy taomlar körgazmasi va pazandaçilik böyiça mahorat darslari taşkil etilgan.

An’anaviy özbek hovlisi asosida qurilgan Özbekiston paviloni taşrif buyuruvçilarda yorqin taassurot qoldirdi.

Tadbir mintaqaviy öziga xoslik va madaniy rang-baranglikning navbatdagi namunasi sifatida özaro anglaşuvni mustahkamlaşga hamda Markaziy Osiyoni tinçlik, barqarorlik va farovonlik makoni sifatida namoyon etişga xizmat qildi.

Şu bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy taşrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

Turkmanboşi şahri aeroportida oliy martabali mehmonni Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kuzatib qöydi. Davlatimiz rahbari Toşkentga jönab ketdi.

 

president.uz

Ulaşiş: