Özbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik şeriklikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladilar
BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning uçraşuvi bölib ötdi.
Davlatimiz rahbari Serdar Berdimuhamedovni “Xalqaro tinçlik va işonç yili”da BMTning global konferensiyasi yuqori saviyada ötkazilgani bilan samimiy qutlab, Turkmanistonning yuksak davlat mukofoti - "Hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun" ordeni bilan taqdirlagani uçun minnatdorlik bildirdi.
Bölajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik doirasida Özbekiston-Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Özaro tovar ayirboşlaş izçil ortib borayotgani, sanoat, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol hududlararo va gumanitar almaşinuvlar davom etmoqda.
Joriy yilda ötkazilişi rejalaştirilgan hukumatlararo komissiyalar yiğilişlari, Işbilarmonlar kengaşi, Hududlar forumi va qator madaniy tadbirlar natijadorligini ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi, oliy darajadagi uçraşuvlar rejasi körib çiqildi.

