Özbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar körib çiqildi.
Rossiya Prezidenti 6-avgust kuni Moskva şahrida AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan ötkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lum qildi.
Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.
Özaro tovar ayirboşlaş va investitsiya körsatkiçlarining ösiş sur’atini ta’minlaş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş, hududlar darajasida sermahsul aloqalar, işbilarmonlik va gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qilişga alohida e’tibor qaratildi.
Özbekiston va Rossiya yetakçilari bölajak uçraşuv va tadbirlar rejasini ham körib çiqdilar.

