Özbekiston va Ozarbayjon yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari qardoş Ozarbayjon yetakçisi va xalqini tarixiy voqea – kuni keça Vaşington şahrida Ozarbayjon va Armaniston örtasida tinçlik deklaratsiyasi imzolangani bilan samimiy qutladi.
Tez fursatda tinçlik bitimi rasman imzolanişi Janubiy Kavkazda tinçlik, barqarorlik va ravnaqni ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etişiga işonç bildirildi.
Şuningdek, Özbekiston Prezidentining joriy yil iyul oyida Ozarbayjonga davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida ikki tomonlama strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Barça darajalarda samarali muloqot va almaşinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boşidan tovar ayirboşlaş 30 foizga oşdi. "Yöl xaritasi" asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli kooperatsiya loyihalari şakllantirilmoqda. Neft-gaz sohasidagi strategik loyiha böyiça imzolangan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amaliy işlar olib borilmoqda.
Yetakçilar bölajak oliy darajadagi uçraşuv va tadbirlar rejasini ham körib çiqdilar.

