Özbekiston va Hindiston yetakçilari strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Hindiston yetakçilari strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar

13.08.2025 13:13139

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Boş vazir va döst Hindiston xalqini yaqinlaşib kelayotgan milliy bayram - mamlakat Mustaqilligi kuni bilan samimiy tabriklab, tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Özbekiston-Hindiston strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Erişilgan kelişuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, turli darajalarda faol va sermahsul muloqotlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boşidan tovar ayirboşlaş 60 foizga oşdi, 40 ga yaqin yangi qöşma korxona va kooperatsiya loyihalari işga tuşirildi. Hindistonning yetakçi kompaniyalari bilan amalga oşirilayotgan istiqbolli loyihalarning joriy portfeli ikki milliard dollarga yetdi. Özbekistonda Hindiston universitetlarining törtta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Yetakçilar farmatsevtika va kimyo sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika, konçilik, qişloq xöjaligi, quriliş, turizm va boşqa yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş va amalga oşirişga alohida e’tibor qaratdilar.

"Şimol-Janub" yölagi doirasida samarali transport-tranzit yönalişlarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişini Toşkent şahrida samarali ötkaziş muhimligi qayd etildi. Madaniyat va kino kunlarini özaro taşkil etiş, hududlar darajasida almaşinuvlarni faollaştiriş taklif qilindi.

Özbekiston Prezidenti va Hindiston Boş vaziri mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşdilar hamda bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini körib çiqdilar.

 

president.uz

Ulaşiş: