Özbekiston Respublikasi Prezidenti Fransiya elçisini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elçisi Oreliya Buşezni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Fransiya elçisining samarali faoliyati hamda mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş va mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasini alohida qayd etdi.
Bölib ötgan oliy darajadagi özaro taşriflar Özbekiston-Fransiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş, uning kun tartibini aniq mazmun bilan boyitişga xizmat qilgani ta’kidlandi.
Turli darajalarda tizimli muloqot va faol aloqalar yölga qöyilgan. Savdo-iqtisodiy sohada sezilarli muvaffaqiyatlarga erişildi: keyingi yillarda tovar ayirboşlaş 4 barobar köpaydi, Fransiyaning yetakçi kompaniya va taşkilotlari bilan umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oşirilmoqda.
Ta’lim, soğliqni saqlaş va madaniy-gumanitar almaşinuv sohalarida muhim dasturlar amalga oşirilmoqda. Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida körgazmalar katta muvaffaqiyat bilan ötdi.
Parij şahri yaqinida Beruniy haykali oçildi. Fransiya poytaxtidagi köçaga Samarqand nomi berildi. Joriy yilda Toşkent şahrida Özbekiston-Fransiya universiteti öz işini boşlaydi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti Fransiya Favqulodda va Muxtor Elçisi Oreliya Buşezga mamlakatlarimiz örtasida döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan katta hissasi uçun "Döstlik" ordenini topşirdi.
Elçi xonim uning diplomatik missiyasi yuksak baholangani hamda Özbekiston va Fransiya örtasidagi keng kölamli hamkorlikni rivojlantirişni har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani uçun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

