Özbekiston va Rossiya yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Xalqaro va ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbariga 15-avgust kuni Ankorij şahrida ötgan Rossiya-AQŞ sammitining asosiy natijalari töğrisida ma’lumot berdi.
Davlatimiz rahbari erişilgan kelişuvlarni qöllab-quvvatlab, Ukraina atrofidagi vaziyat tez fursatda tartibga solinişiga umid bildirdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi sur’atini saqlab qoliş hamda Özbekiston va Rossiya korxonalarining ustuvor kooperatsiya loyihalarini jadallaştirişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan çoralar köriş masalalari ham körib çiqildi. Barça darajalarda faol muloqot va almaşinuvlarni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.

