Xuşmanzara boqqa monand şinam mehmonxonalar qad kötardi

Xuşmanzara boqqa monand şinam mehmonxonalar qad kötardi

20.08.2025 08:59115

Mamlakatimizning turizm salohiyati yildan yilga oşib boryapti. Barça hududlarda sayyohlar köpayib, zamonaviy mehmonxonalar va turizm maskanlari barpo etilmoqda.

Toşkent şahridagi “Yangi Özbekiston” boğiga yondoş qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasi şu işlarning mantiqiy davomidir.

Prezident Şavkat Mirziyoyev joylardagi bunyodkorlik bilan tanişuvi çoğida mazkur inşootlarni ham közdan keçirdi.

Bir paytlar qarovsiz yotgan manzillar bugun obod maskanga aylangan. 8 gektardan ziyod maydonda 12 ta zamonaviy mehmonxona, 375 örinli “Yangi Toşkent” konferensiya zali, 310 örinli restoran, soğlomlaştiriş markazi hamda oçiq sport maydoni barpo etilgan.

Mehmonxonalarga Qoraqalpoğiston va viloyatlar nomi berilgan. Ular 3 yulduzli bölib, 5 qavatdan iborat, 62 ta xona va 124 öringa ega. Majmua yagona konsepsiya asosida faoliyat yuritadi va uning boşqaruvi xalqaro tajribaga ega “Leo Hospitality Solutions”, “Radisson Individuals”, “Trademark Collection by Wyndham” kabi nufuzli kompaniyalarga topşiriladi.

Xususiy banklar şu kabi majmualar boşqaruviga şerik bölib kiriş taklifini bildirdi. Davlatimiz rahbari xizmat sohalari kengayişi, joylarda zamonaviy maskanlar köpayişi aholi farovonligiga hissa qöşişini ta’kidladi. 

Mehmonxonalar restoran, anjumanlar zali va dam oliş maskanlari bilan uyğun qurilgani xizmat qamrovini oşiradi. Bu yerda yuqori darajadagi tadbirlar hamda yirik xalqaro anjumanlar ötkazilişi ham mumkin.

Majmuada 540 ta yangi iş örni yaratilib, yiliga örtaça 55 ming turistga xizmat körsatilişi közda tutilgan. Bu yer mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun yana bir lokatsiya, Toşkent vohasida turizm rivoji uçun qöşimça stimul böladi. Majmua qurilişi ortidan yon-atrofdagi mahallalarning infratuzilmasi ham yaxşilanib, aholi farovonligi ta’minlandi.

Davlatimiz rahbari majmuada xizmat turlarini köpaytiriş va sifatini oşiriş, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb etiş masalalariga e’tibor qaratdi. Bunday köp tarmoqli xizmatlarni boşqa hududlarda ham keng yölga qöyiş muhimligi ta’kidlandi.

 

president.uz

Ulaşiş: