Özbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

21.08.2025 12:10152

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-avgust kuni Pokiston Islom Respublikasi Ştablar boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi, general Sahir Şamşod Mirzo boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Pokiston Boş vazirining joriy yil fevral oyidagi Özbekistonga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtayi nazaridan Özbekiston-Pokiston köp qirrali hamkorlik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalarda özaro muloqot va almaşinuvlar faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boşidan tovar ayirboşlaş hajmi 23 foizga, yuk taşiş 50 foizga oşdi. Karaçi va Lahor şaharlarida savdo uylari oçildi. Töğridan töğri aviaqatnovlar köpaydi.

Harbiy va harbiy-texnik sohalarda, xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarşi kuraşiş borasidagi amaliy hamkorlik masalalari körib çiqildi.

Transafğon temir yölini quriş loyihasi böyiça imzolangan uç tomonlama bitimni tez fursatda amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

 

president.uz

Ulaşiş: