Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqot şaklida ötkazilgan uçraşuvdagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqot şaklida ötkazilgan uçraşuvdagi nutqi

21.08.2025 12:13123

Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar!

Hurmatli tadbirkorlar, anjuman iştirokçilari!

Avvalambor, cizlar bilan eng uluğ, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami oldidan uçraşib turganimdan behad xursandman.

Bugun şuni faxr bilan ayta olamizki, yurtimizda yaratilayotgan har bir iş örni, qad kötarayotgan har bir korxona, xalqimizning oğirini yengil qilayotgan har bir xizmat, eksport bölayotgan har bir mahsulot – cizning jasorat bilan qilayotgan mehnatingiz, taşabbus va izlanişingiz mahsulidir.

Bugungi tadbirimizni şunçaki anjuman emas, davlat va biznes örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaşga xizmat qiladigan jonli va samimiy muloqot maydoni, desak, töğri böladi.

Bir haqiqatni unutmasligimiz lozim: har bir soha, har bir hudud, har bir mahalla – faqat tadbirkor harakat qilganida, ularga quloq tutib, işonç bildirilganida rivojlanadi, obod böladi.

Şu bois, bugun sizlarni eşitamiz. Sizning ovozingiz orqali hal qilinadigan masalalarni birgalikda muhokama qilib, ularga aniq yeçimlar topiş haqida kelişib olamiz.

Hurmatli tadbirkorlar!

Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq cizlar bilan hamfikr bölib, iqtisodiyoti qudratli, sanoati raqobatbardoş, moliyaviy tizimi barqaror, barça sohalari investorlar uçun jozibador bölgan Yangi Özbekistonni barpo etişga kirişdik.

Adolatli hakam bölsa aytsin, ötgan sakkiz yilda qattiq mehnat va maşaqqatlar bilan iqtisodiyotimizning köplab tarmoqlarini yöqdan bor qildik. E’tibor bering, bu davrda turli sohalarga 230 milliard dollar investitsiya kirib keldi, şundan 120 milliarddan ortiği – xorijiy sarmoya.

Bir qaraşda aytişga oson bölgan uşbu raqamni oldinlari hisob-kitob qiliş tugul, tasavvur qilib ham bölmasdi. Lekin, biz buni uddaladik.

Turli nizo va ziddiyatlar tufayli jahon iqtisodiyoti ğoyat murakkab davrni boşidan ötkazayotgan bir vaqtda, pragmatik va proaktiv siyosatimiz tufayli, bu yil birinçi yarim yillikda iqtisodiyotimiz 7,2 foizga ösdi.

Bu yutuqlarimizning barçasi – cizlar bilan birgalikda qilgan maşaqqatli mehnatimiz mahsuli, albatta.

Ötgan davrda minglab mikro va kiçik korxonalar qisqa muddatda yaratilgan şaroitlardan samarali foydalanib, katta-katta kompaniyalar bilan raqobat qila boşladi. Masalan, 1 ming 600 ta mikro korxona bir yil içida oborotini 10 milliard sömdan oşirib, birdaniga örta korxonaga, 143 tasi esa, 100 milliard sömdan oşirib, yirik korxonaga aylandi. Yana 122 ta kiçik korxona oldinga ikki qadam sakrab, yirik biznes safiga qöşildi.

Ötgan yili oboroti 1 trillion sömdan oşgan 203 ta korxona bor edi. Bu yilning ötgan olti oyida ularga qöşimça yana 47 ta korxona 400-500 milliard sömlik marrani zabt etdi. Nasib qilsa, yil yakunigaça ular ham bemalol “trillionçilar” safiga qöşiladi.

Biznesni “soya”dan çiqariş böyiça yangi mexanizmlarni köpaytirganimiz hisobidan 139 mingta korxonada iş örinlari 811 mingtaga köpayib, 2,2 milliondan 3 millionga yetdi. 273 mingta korxona iş haqi fondini 22 foizga yoki 4,6 trillion sömga oşirdi.

Ötgan yili xususiy sektorda örtaça oylik 4 million sömni taşkil qilgan bölsa, bugungi kunda 5 million sömga yaqinlaşdi.

Men bu misollarni nima uçun aytyapman? Odamlarimiz tadbirkorlikning “hadisi”ni olib, işbilarmonga aylandi, yurtimizda barqaror rivojlanayotgan yangi biznes hamjamiyati şakllandi.

Aziz döstlar!

An’anaga köra, bu yil ham kiçik biznes vakillaridan tortib, yirik korxonalar rahbarlarigaça – eng ilğor va fidoyi tadbirkorlarimizning 49 nafari davlat mukofotlari, 112 nafari esa “Faol tadbirkor” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Ularning orasida ilmi, tafakkuri bilan biznes rivojiga katta hissa qöşayotgan olimlarimiz ham bor.

Ötgan bir yilda yana 52 nafar işbilarmon tadbirkorimiz, mirişkor dehqon va fermerlarimiz, taşabbuskor investorlar orden va medallar sohibiga aylandi. Ayniqsa, homiylik qilib, boğça va maktab, şifoxonalar qurayotgan, ehtiyojmand oilalarga kömaklaşayotgan, yoşlarni qöllab-quvvatlayotgan saxovatpeşa tadbirkorlarimiz köpayib borayotgani bizni quvontiradi.

Heç şubhasiz, öğil-qizlarimizni sportga jalb qiliş uçun katta şaroit yaratib berayotgan, ularning jahon va qit’a, Olimpiya hamda Paralimpiya öyinlari, boşqa nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori çöqqilarni zabt etişiga kömaklaşayotgan biznes vakillari yurtimizning çinakam fidoyilaridir.

Uşbu zalda ham, hududiy studiyalarda ham ularning köpçiligini körib turibman. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tadbirkor bölaman, degan minglab öğil-qizlarimiz uçun ilhom manbaiga aylanmoqda.

Fursatdan foydalanib, siz, hurmatli tadbirkorlarga, sizlar orqali butun respublikamizning biznes vakillariga özimning çuqur va samimiy minnatdorligimni izhor qilaman.

Bayramingiz muborak bölsin!

Qadrli biznes vakillari!

Ilk oçiq muloqotimizdan buyon şu kungaça sizlarning 1 mingga yaqin taşabbusingiz qonun va qarorlarda öz aksini topdi. Buning natijalarini nafaqat tadbirkorlar, balki oddiy odamlar ham özining kundalik hayotida his qilmoqda.

Anjumanimiz ulkan bunyodkorlik işlari boşlangan Yangi Toşkentda ötayotganida albatta ramziy ma’no mujassam. Uşbu megaloyiha islohotlarimiz hayotda qanday aks etayotganining yaqqol isboti, yangilaniş va taraqqiyot yölidagi dadil qadamlarimizning yorqin timsoli böladi.

Siz, tadbirkorlar uçun Yangi Toşkent – yangi imkoniyatlar, yangi ğoyalar va yangi bozorlar maydoniga, innovatsiyalar va investitsiyalar markaziga aylanadi.

Bu yerdagi töliq “yaşil” texnologiyalarga asoslangan eng zamonaviy infratuzilmalar sizlarning köplab ğoya va taşabbuslaringiz uçun xizmat qiladi.

Şuni bilingki, Yangi Toşkent darvozalari biznes qilaman, degan barça tadbirkorlar uçun hamişa oçiq böladi.

Aziz yurtdoşlar!

Bugungi oçiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan alohida uçraşuvlar ötkazildi. “Koll-markaz” orqali ham 13 mingdan ziyod murojaat va taşabbuslar kelib tuşdi.

Hozirgi murakkab şaroitda har bir kun muhimligini inobatga olib, oçiq muloqotni kutib ötirmasdan, meva-sabzavot eksporti va töqimaçilikda töplanib qolgan muammolarga yeçim topib berdim.

Ötgan haftada biznesni “soya” dan çiqarişni rağbatlantiriş böyiça ham tadbirkorlarga yanada qulay şaroitlarni nazarda tutgan katta-katta yangiliklarni e’lon qildik.

Birinçi. Yurtimizda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar, yana 5,5 million nafar özini özi band qilgan şaxslar faoliyat yuritmoqda.

Asosiy maqsadimiz – işini kiçik loyihadan boşlab, biznesda tajriba va malaka töplagan mana şunday tadbirkorlarga kömak berib, ularni 50-100 nafar odam işlaydigan baquvvat korxonalar sohibiga aylantiriş.

Şu bois, ötgan haftada yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun 2030-yilgaça maxsus huquqiy rejimni joriy etiş böyiça qarorni imzoladim.

Endi bunday tadbirkorlar uçun röyxatdan ötişdan tortib, hisobot topşirişgaça bölgan barça xizmatlarni jamlagan raqamli platformalar yaratiladi. Bunda tadbirkorlar kerakli hujjatlarni masofaviy biometriya va SMS xabarnoma orqali elektron kalitsiz imzolaşi mumkin. Işçilarga elektron hamyon orqali “kunbay”, “soatbay” maoş tölaş imkoniyati yaratiladi.

Mamlakatimizda 40 dan ziyod elektron tölov taşkilotlari mavjud bölib, aholimiz öziga qulay mobil ilovadan foydalanmoqda. Bu – naqdsiz tölovni rağbatlantiriş uçun eng yaxşi instrument. Endi, 1 noyabrdan boşlab, tadbirkorlar uçun barça mobil tölov ilovalari orqali hisob-kitob qiliş imkonini beradigan universal “Kyu-ar” kod beriladi.

Yana bir yangilik – yillik aylanmasi 1 milliard sömgaça bölgan barça tadbirkorlar kelgusi yil 1 yanvardan bir xil, ya’ni, oborotidan 1 foiz soliq tölaşga ötkaziladi. Masalan, hozir oboroti 100 million sömgaça bölgan yakka tadbirkor yillik 12 million sömgaça qat’iy soliq örniga köpi bilan 1 million söm tölaydi. Yoki oboroti 100 milliondan 1 milliard sömgaça bölgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million söm soliq tölagan bölsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.

Umuman, yaratilayotgan şaroitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion söm, tasavvur qilayapsizlarmi, 1 trillion söm qolyapti.

Bu – kiçik biznes uçun qöşimça resurs, yakka tadbirkorlar öz biznesini keyingi bosqiçga olib çiqişi uçun yana bir imkoniyat.

Bu sizlarga ma’qulmi?

Ikkinçi. Ötgan haftada 200 dan ortiq töqimaçilik korxonalari vakillari bilan uçraşib, sohani qöllab-quvvatlaş böyiça 7 trillion sömlik taşabbuslarni e’lon qildik.

Tez kunlarda töqimaçilikda “işonçli eksportçi” dasturini boşlab, eksportoldi moliyalaş tizimi yölga qöyiladi va buning uçun 200 million dollar yönaltiriladi.

Bu – elektrotexnika, quriliş materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari töliq işga solinmagan sohalar uçun ham joriy etiladi. Uşbu sohalardagi tadbirkorlarning aylanma mablaği uçun 500 million dollar beriladi.

Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdoş 10 tadan mahsulotiga “Özbekiston ramzi” sifat belgisini berib, ularni dunyoga tanitiş uçun katta tarğibot kampaniyasini boşlaymiz. Bunda AQŞ, Yevropa, Yaponiya, Koreya kabi narx va talab yuqori bölgan bozorlarda mahsulotlarimizni tarğib qiladigan taniqli brend-menejer, marketolog, piar-menejerlarning xarajati qoplanadi.

Poytaxtimiz va viloyat markazlaridagi “dimiqib qolgan” korxonalarni mehnat resursi, böş yeri köp bölgan tumanlarga köçirmoqçi bölgan tekstil sohasidagi tadbirkorlarga 10 milliard sömgaça kredit beriladi.

Işçi kuçini köp talab qiladigan boşqa tarmoqlardagi korxonalar ham bunday taşabbus bilan çiqsa, ularni ham qöllab-quvvatlaşga tayyorman.

Arzon xomaşyo bilan ta’minlaş maqsadida 2028-yil 1-yanvargaça aralaş mato va gazlamani bojxona bojidan ozod etyapmiz. Lekin bunday muammo sanoatning boşqa sohalarida ham bor. Jahon banki ekspertlari ham tarif siyosati işlab çiqarişni rağbatlantirişi kerakligini aytmoqda.

Oçiq muloqotga tayyorgarlik doirasida barça sohalardagi tadbirkorlardan bu yönalişda 130 ta murojaat kelib tuşgan. Zalda iqtisodiyot va investitsiyaga mas’ul bölgan Boş vazir örinbosarlari J.Qöçqorov, J.Xodjayev hamda sanoat uyuşmalari rahbarlari ötiribdi.

1-noyabrgaça muhlat: ular har bir tarmoq, hududiy korxona talabini örganib, boşqa xomaşyo va butlovçi qismlar uçun tariflarni qayta körib çiqadi va natijasini e’lon qiladi.

Endi import jarayonida muvofiqlik sertifikatlari har bir partiyaga emas, şartnomada körsatilgan hajm uçun beriladi.

Dunyoning ayrim mintaqalaridagi notinçliklar oqibatida taşqi bozorlardagi tebranişlar, logistikadagi uzilişlar eksport tuşumlarining keçikişiga olib kelmoqda. Bunday şaroitda şundoq ham puli tuşmayotgan tadbirkorlar muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun jarima tölayapti. Bu masalani juda köp töqimaçilik korxonalari va meva-sabzavot eksportyorlari kötarib, yengillik söradi. Muammoning yeçimi barça eksportçi korxonalarga tegişli bölgani uçun buni oçiq muloqotda e’lon qilişga qaror qildim.

Endi davlat uluşi bölmagan korxonalarga eksportda muddati ötgan qarzdorlik uçun jarima hisoblaş va undirişga bir yillik “moratoriy” e’lon qilinadi.

Hududlarda sanoat infratuzilmasini yaxşilaşga bu yil 1,7 trillion söm ajratildi. Kelgusi yili bu xarajatlarni 25 foizga oşirib, 2,1 trillion sömga yetkazamiz.

Bundan taşqari, poytaxtimizda tadbirkorlar soni tobora oşib borayotganini inobatga olib, elektr tarmoqlarini yaxşilaş uçun yana 2 trillion söm beramiz.

Iqtisodiyotimiz barqaror ösgani sari yangi infratuzilmaga talab ortib boraveradi. Korxonasiga taşqi infratuzilmani öz hisobidan barpo etayotgan tadbirkorlar köpaymoqda. Endi ularning bu xarajati soliq bazasidan çegirib taşlanadi.

Hurmatli anjuman qatnaşçilari!

Kuni keça tadbirkorlikning boşqa yönalişlari böyiça ham alohida farmonni imzoladim. Muloqot davomidagi yangi takliflaringiz böyiça ham uç kunda qaror çiqadi. Men hozir aytadigan taşabbuslarning barçasi bugundanoq kuçga kiradi.

Uçinçi. Qisqa muddatda va tez daromad beradigan iş örinlari yaratişda eng samarador yönalişlardan biri bölgan xizmatlar sohasini jadal rivojlantiramiz.

Yil boşidan yurtimizga 7 millionga yaqin xorijiy sayyoh taşrif buyurdi, 15 million aholi mamlakat böylab içki sayohatga çiqdi. Kelgusi 3-4 yilda xorijiy turistlarning yillik oqimi kamida 15 million nafarga yetadi. Şu bois, turizmni rivojlantiriş böyiça yangi dasturni boşlaymiz.

Kelgusi uç yilda mehmonxona va turizm maskanlari taşkil qiliş uçun jami 5 ming gektar yer auksionga çiqariladi. Bunda mehmonxona quraman, degan tadbirkorlardan yerlarni sotib oliş uçun tölov undirilmaydi. Buning evaziga davlat şu summa bilan loyihaga uluşdor bölib kiradi. Tadbirkorlar 10 yil içida istalgan paytda bu uluşni qayta sotib olişi mumkin böladi. Agar tadbirkor yer qiymatini boşida tölayman desa, 20 foiz çegirma beriladi.

Mehmonxona quriş uçun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan viloyatlar markazi va turizmga ixtisoslaşgan 36 ta tumanda – 30 milliard sömgaça, boşqa hududlarda esa 10 milliard sömgaça imtiyozli kredit ajratiladi.

Köp tadbirkorlar davlat obyektlari va xususiy binolarni sotib olib, mehmonxonaga aylantiryapti. Endi yangi mehmonxona uçun közda tutilgan subsidiya ularga ham beriladi.

Hozir mehmonxona egalari har bir turist uçun kuniga 62 ming sömgaça turistik yiğim tölab berişga majburmiz, deb aytmoqda. Endi Toşkent şahri, viloyatlar markazi va yirik turistik hududlardan taşqari birorta joydagi mehmonxona bu yiğimni tölamaydi.

Amaldagi tartibga köra, oilaviy mehmon uylari turistlarni qabul qilişi böyiça kunlik me’yor 10 nafardan oşmasligi belgilangan. Endi bu raqam 2 karra köpaytiriladi.

Hozir bir masalani öylab qoldim. Xorijiy sayyohlar asosan xalqaro brend mehmonxonalarni biladi va ularga joylaşadi.

Keling, mahalliy mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari örtasida tanlov ötkazaylik. Buni nima uçun aytyapman. Tanlov bölsa, turli hududdagi tadbirkorlar bir-biri bilan tanişadi, özidagi şaroitni namoyiş qilib, bu biznesdagi yangi trendlarni örganadi. Bunda mukofot jamğarmasini 1 million dollar qilib belgilasak, sayyohlar e’tiborini qozongan, “Buking kom”, “Trip edvayzer” kabi nufuzli xalqaro platformalarda eng köp ijobiy e’tirof etilgan mehmonxonalarni har yili taqdirlasak, öylaymanki, bu sifat uçun işlayotgan mehmonxonalarga katta rağbat böladi.

Qaysi hududda infratuzilma yaxşi bölsa, öşa joy tadbirkorlarni “magnit” kabi öziga tortadi, servis gurkirab rivojlanadi. Mirakida qilgan işlarimiz buni isbotladi.

Şu bois, infratuzilma olib boriş orqali yirik turistik maskanlarni köpaytiramiz. Çortoqning “Qoraboğ” mahallasi, Farğonaning Çimyoni, Boysundagi Omonxona, Nuroboddagi Nurbuloq şaharçasida master-reja asosida yil – ön ikki oy xizmat körsatadigan 300-500 gektarli yirik kurort zonalar taşkil etiladi.

Bu loyihalarning infratuzilmasi uçun 150 million dollar beriladi. Natijada savdo va servis sohasida kamida 20 ming tadbirkorlik subyekti, 100 mingta iş örni paydo böladi.

Şu bilan birga, 16 ta tumanni jadal rivojlantirişga bu yil jami 1,1 trillion söm ajratildi.

Bunday yondaşuvlarni Jahon banki ham e’tirof etib, 250 million dollar beryapti.

Kelgusida yana 500 million dollar hisobidan boşqa tumanlarda ham şunday işlarni amalga oşiramiz. Bu – sanoat, servis, quriliş sohalaridagi tadbirkorlarga katta imkoniyat, yuz minglab iş örinlari yaratiş uçun şaroit böladi.

Biznes vakillarining 70-80 foizida qöşimça joy olişga ehtiyoj bor. Lekin, ijara şarti tez özgarayotgani ularning kelgusi rejalariga ta’sir qilmoqda.

Kelgusi yildan davlat aktivlari beş yilga ijaraga beriladi. Ijaraçi özi xohlagan yoki majburiyatini bajarmagan taqdirdagina şartnoma bekor böladi.

Oçiği, 1991-yilda qabul qilingan “Ijara töğrisida”gi qonun asosan davlat organlari manfaatini himoya qilişga qaratilgan. Şu bois, ijaraga beruvçi va ijaraçi huquqlarini birdek himoya qiladigan yangi tahrirdagi qonun işlab çiqiladi.

Ta’limda xususiy sektor uçun keng yöl oçib berganimiz hisobiga oxirgi sakkiz yilda xususiy boğçalar soni 120 barobar köpayib, 31 mingtaga, maktablar esa 22 barobar ortib, 645 taga yetdi.

Endi boğçalar qamrovi 70-80 foizdan past bölgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beramiz.

Avvalo, bu tumanlardagi boğça va maktablarning böş yerlarida xususiy şeriklik asosida boğça qurişga ruxsat beriladi. Bunda tadbirkorlardan yer uçun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi, ularga davlat boğçasida har bir bolaga közda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya şaklida beriladi.

Uşbu tumanlardagi boşqa joylarda boğça taşkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard sömgaça 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini özgartirmaslik şarti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, tarbiyaçilarining maoşi uç yilgaça tölab beriladi.

Xususiy tibbiyotda töplangan ulkan tajriba, yangi texnologiyalar, malakali kadrlar – tadbirkorlar uçun bu sohaning jozibadorligini oşirib, sifatni yaxşilaşga turtki bermoqda. Buni keyingi 7 yilda xususiy klinikalar 3,5 mingdan 8,5 mingtaga köpayganida ham köriş mumkin. Bugungi tadbirda xususiy tibbiyotda katta yutuqlarga erişgan önlab tadbirkorlarimizni körib turganimdan xursandman. Sizlar bilan birga Özbekistonni mintaqadagi yuqori texnologik tibbiyot xabiga aylantirişimizga işonaman. Buning uçun yana qanday şaroit kerak bölsa, barçasini yaratib berişga tayyorman. Xususan, çegara hududlarimizda klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni öz içiga olgan tibbiyot klasterlarini taşkil qilamiz. Ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlaş uçun 200 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasi oçiladi. Bunda tibbiyot klasterlarini barpo etgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foizli arzon kreditlar beriladi.

Biznesni qöllab-quvvatlaşning eng muhim instrumenti – bu moliyaviy xizmatlar. Biz tadbirkorlarga moliyaviy resurslardan foydalaniş imkoniyatlarini oşiriş böyiça qattiq işlayapmiz.

Yaxşi loyihalar uçun pul qidirayotgan tadbirkorlar köp, investitsiya kiritaman, deganlar ham yetarli.

Amaldagi tartibga köra, mas’uliyati çeklangan jamiyatlar investitsiya kiritayotgan şaxsni ta’sisçi qilib olişga majbur. Lekin, bunga hamma ham rozi bölmaydi. Şu bois, resurs böyiça asosiy yuklama haligaça banklar gardaniga tuşayapti.

Endi loyihaga soddalaştirilgan tartibda mablağ jalb qiliş böyiça investitsiya platformasi işga tuşiriladi. Bunda barça korxonalar özining loyihasini bu platformaga joylaştiradi, salohiyatli investorlar esa istalgan loyihani tanlab, sarmoya kiritişi mumkin böladi. Eng muhimi, investor ta’sisçi emas, uluşdor sifatida daromadga şerik böladi, kiritgan mablaği kafolatli himoyalanadi.

Bugun bu haqda qaror e’lon qilindi. Endi tadbirkorlarimiz uşbu yangi tizim orqali yiliga qöşimça 1 milliard dollar mablağ jalb qiliş imkoniyatiga ega böladi.

Hozirgi kunda Özbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanarli edi. E’tibor bering, yetti oyning özida startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi. Bu – 2024-yil davomida kiritilgan sarmoyalardan 4 barobar köp.

Şu bois, startaplarni qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarni yanada jonlantiramiz. Yoşlarning 1 mingta startap ğoyasi tijoratlaştiriladi va şundan 200 tasi xalqaro bozorga olib çiqiladi. Eng ilğor texnologiyalarni olib kelib, 100 ta mahalliy startapni xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiramiz. Bunga 100 million dollar beriladi.

Bu yildan boşlab, “Yoş tadbirkorlar” çempionati ötkaziladi. Bunda ularning eng yaxşi 100 ta ğoyasi tanlab olinib, har bir startap uçun 1 milliard sömgaça investitsiya kiritiladi. Bu loyihalarni brendga aylantiriş uçun moliyaviy va marketing xizmatlari böyiça ekspertlarning xarajatlari qoplab beriladi.

Ğoliblarni 20-avgust – Tadbirkorlar kunida taqdirlasak, öylaymanki, yoş tadbirkorlarga bu ham katta rağbat va ilhom böladi.

IT, fintex va startaplarga keng yöl oçganimiz natijasida marketpleyslar soni uç yil içida 24 tadan 163 taga köpaydi.

Tadbirkor va hunarmandlarimiz öz mahsulotlarini raqamli platformalar orqali eksport qilişni ança örganib oldi. Ular an’anaviy eksportdagi kabi milliy va xorijiy marketpleyslarda çetga sotgan tovari uçun qöşimça qiymat soliğini qaytarişni söragan.

J.Qöçqorov, Ş.Qudbiyev bir oyda buning tartibini tasdiqlab, amaliyotga joriy qiladi.

Umuman, fintex-startaplarni köpaytiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça beş yillik strategiya qabul qilamiz. Bunda raqamli moliyaviy xizmatlarni köpaytiriş uçun banklar, fintex kompaniyalar va startaplar örtasida köprik böladigan yangi eko tizim – “open banking”ni joriy qilamiz. Bularning hisobidan yaqin yillarda startap loyihalarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi hozirgidan 10 karra oşadi.

Bu yil banklarimiz tadbirkorlik loyihalari uçun 6 milliard dollar resurs olib kelmoqda.

Banklar kelgusi yili aynan kiçik va örta tadbirkorlikni maqsadli qöllab-quvvatlaş uçun qulay şartlarda alohida 1 milliard dollar resurs jalb qiladi. Umuman, banklar kelgusi ikki yilda bu sohaga 250 trillion söm mablağ ajratadi.

Tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi “çempion tadbirkor”larni köpaytiriş uçun bank orqali loyihalarga 10 milliard sömgaça imtiyozli kredit beradi.

Işlab çiqariş, servis, yaşil iqtisodiyot loyihalari uçun 500 million sömgaça tijorat kreditlari kompaniya tomonidan qayta moliyalaştiriladi. Natijada har yili 100 mingdan ziyod tadbirkorlar oladigan kredit foizi 6 foizgaça pasayadi.

Avvalgi krediti böyiça kompaniyadan kafillik olib, tölovni vaqtida bajargan tadbirkorlarga yangi kreditlar uçun kafillik miqdori 1,5 karra oşiriladi. Endi, yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 milliard sömgaça kafillik olişi mumkin böladi.

“Skoring” tizimi soddalaşgani uçun 100 mingga yaqin tadbirkor bankdan yangi kredit olib, faoliyatini kengaytirdi. Hozirgi vaqtda kredit tarixi “örtaça”, lekin ozgina turtki berilsa, banklarning tez ösiş imkoniga ega bölgan yana 500 ming mijozi bor.

Endi kredit berişda “skoring” tizimi soliq va kommunal tölov intizomi, rasmiy aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi ma’lumotlarni ham inobatga oladi.

Markaziy bank (T.Işmetov) kelgusi yildan boşlab muqobil “skoring” modelini işga tuşirib, kredit beriş şartlarini osonlaştiradi.

Körib turibman, tadbirkorlarimizga bunday yangi şaroit va imkoniyatlar juda ma’qul kelyapti. Startap va fintex yönalişidagi tadbirkorlarimiz aytsin, bu sizlarga yangi imkoniyatlar eşigini oçib beradimi?

Törtinçi. Köp tadbirkorlar yaxşi eslaydi. Bunday oçiq muloqotni boşlaganimizda asosiy murojaatlar soliq stavkalarini tuşiriş bilan boğliq bölardi.

Çet el bilan işlaydigan tadbirkorlar aytsin, bizdagi hozirgi soliq yuki hamkor davlatlar bilan raqobat qiladigan darajaga yetdimi?

Sohada katta özgarişlarni amalga oşirdik. Buni aholi va tadbirkorlar örtasida ötkazilgan sörovlar natijasi ham tasdiqlayapti: ularning 79 foizi sönggi beş yilda biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça şaroit ança yaxşilanganini aytgan. Lekin, tadbirkorlardan soliq ma’murçiligi böyiça örinli savollar tuşyapti.

Ş.Qudbiyev oçiq muloqotgaça 20 ta uçraşuvda özi qatnaşdi, “közi oçilib” takliflar berdi.

Amaldagi tartibga köra, yillik aylanmasi 10 milliard sömdan oşgan korxonalar foyda soliği böyiça avans tölagani uçun aylanma mablağdan qiyinçilik yuzaga kelyapti.

Şu bois, endi uşbu tartib faqatgina yiliga 20 milliard sömdan yuqori oborot qiladigan korxonalar uçun amal qiladi. Natijada 14 mingga yaqin tadbirkor ixtiyorida qöşimça 1 trillion sömlik aylanma mablağ qoladi.

Biz qöşimça qiymat soliği stavkasini 12 foizga tuşirganimiz hisobiga bu soliq rejimida işlayotgan tadbirkorlar soni kun sayin köpaymoqda. Lekin, hali köpçilik qöşimça qiymat soliğiga ötsam, hisob-kitob qiyinlaşadi, buxgalter olişim kerak, xarajat oşadi, degan şubha bilan yuribdi.

Şu bois, aylanma soliqdan qöşimça qiymat soliğiga ötadigan korxonalar bir yil davomida foyda soliği tölaşdan ozod qilinadi, hisobotida xatolik bölsa ham jarima qöllanmaydi, ulardagi buxgalterlar maoşining 5 million sömgaça bölgan qismi olti oygaça bunday korxona tölayotgan soliqdan çegirib taşlanadi.

Bugungi kunda soliq tekşiruvlari böyiça 20 mingdan ziyod tadbirkor faoliyatida 16 trillion sömlik xato va kamçiliklar aniqlangan.

Bu – minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi örniga salbiy ta’sir qilişi aniq. Şu bois, bugun öziga xos “amnistiya” e’lon qilamiz, uşbu tekşirişlar böyiça jazo qöllanmaydi. Buning örniga 1 noyabrgaça tadbirkorlarimizga barça xato va kamçiliklarni ixtiyoriy ravişda töğrilaş imkoni beriladi. Bir söz bilan aytganda, 1 noyabrdan boşlab, biznes vakillari tadbirkorlik reytingini “toza sahifadan” boşlaydi.

Ikki yil oldin aylanmadan soliq tölovçilar buxgalteriyasini soliqçi yuritadigan tizim joriy qildik. Endi bunday xizmatlar kölamini kengaytiramiz.

Kelgusi yildan yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad soliqlari hisobotlarini şakllantiriş böyiça tadbirkorlar majburiyati bekor qilinadi. Uşbu hisobotlarni soliqçilarning özi bepul töldirib beradi. Tadbirkorlar esa 5 kunda hisobotga tuzatiş kiritişi mumkin böladi.

Hisobotni keçiktirgani uçun kiçik va yirik biznes bir xil jarima tölayapti, eng yomoni, har bir hisobot turi uçun alohida-alohida jarima bor.

Ş.Qudbiyev 1-noyabrdan taqdim etilmagan yoki keçiktirilgan soliq hisobotlari neçta bölişidan qat’i nazar, yagona jarima qöllaydigan tizim yaratadi. Bunda kiçik biznes uçun jarimalar miqdori 3 karra kamaytiriladi.

Beşinçi. Qayerda qonun ustuvor bölsa, öşa yerda biznes rivojlanadi, investitsiya muhiti jozibador böladi.

Sözimning boşida aytganimdek, bizda “oyoğida mustahkam turib olgan” işbilarmonlar sinfi şakllanib ulgurdi. Ular şunçaki tadbirkor emas, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlarning rivojiga katta hissa qöşayotgan faol investorlarga aylanmoqda. Şuningdek, an’anaviy sarmoyalar bilan birga vençur, bond, kraud-fanding, startap kabi zamonaviy investitsiya vositalari ham jadal rivojlanmoqda.

Töğri, bizda investitsiyaviy munosabatlarni tartibga soliş, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qiliş va ularga şaroitlar yaratiş böyiça yuzlab hujjatlar bor. Bularning barçasini töğridan töğri amal qiladigan yagona qonunga birlaştirib, Investitsiya kodeksini qabul qiliş vaqti keldi. Bu hujjat investitsiya sohasidagi barça qoida, kafolat va tartib-taomillarni bir tizimga solib, investitsiyalarni rağbatlantirişga xizmat qiladi.

Tadbirkorlar jamoatçilik kengaşi biznes muhitni yaxşilaş böyiça qarorlar tayyorlaşda faollik körsatib kelyapti. Parlamentimiz yangi kodeksni işlab çiqişda Jamoatçilik kengaşi bilan yaqin hamkorlik qilsa, öylaymanki, bu ham katta samara beradi.

Barça islohotlarimiz negizida, eng avvalo, inson qadri, tadbirkorlarimizning manfaatlari mujassam. Şu bois, sud mustaqilligini ta’minlaş böyiça qat’iy siyosat olib boramiz.

Bugungi tadbirkor – bu keçagi tadbirkor emas. Ularning huquqiy savodxonligi oşganini sudlarga murojaat köpayganida ham köriş mumkin. Masalan, ötgan yili iqtisodiy va ma’muriy sudlarda tadbirkorlar bilan boğliq 81 mingdan ziyod nizoli işlar körib çiqilgan.

Endi tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilişi mumkin böladi.

Sudlarning moddiy zararni undiriş böyiça qarorlari ijrosi keçikayotgan holatlar bor. Aslida undirilişi kerak bölgan qarzdorlikning har bir keçikkan kuni tadbirkorning zarariga işlayapti. Şuning uçun, xalqaro tajriba asosida, “Astrent” tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplaş keçiktirilgan har bir kun uçun qarzdor hisobidan penya undiriş sud qarorida aniq belgilab qöyiladi.

Sönggi yillarda aholi va tadbirkorlardan 120 turdagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilindi, yana şunça litsenziya raqamlaşdi. Birgina ötgan yili 16 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilingani natijasida tadbirkorlarning 350 milliard sömlik xarajatlari tejaldi.

Kelgusi yildan yana 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilamiz. Xususan, auditorlik taşkilotlari, turizm sohasidagi hunarmandlar, turistik axborot markazlari, transport texnik körigini amalga oşiradigan tadbirkorlar xabardor qiliş tartibiga ötkaziladi.

Hozirgi kunda litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qiliş tartibi buzilsa, korxonaga ham, uning rahbariga ham jarima qöllanmoqda. Endi bunday holatlar uçun faqat korxona jarima tölaydi, mansabdor şaxs javobgarligini esa boşqaruv organi mustaqil hal qiladi.

Yana bir muhim yangilik – kelgusi yildan “Biznesni 15 daqiqada boşlaş” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini tölaqonli yölga qöyiş mumkin böladi. Bunda tadbirkorni röyxatdan ötkaziş jarayonining özida elektron raqamli imzo beriladi, bankda hisobraqam oçiladi, xohişiga köra ijara şartnomasi rasmiylaştiriladi, kassa apparati soliq organida röyxatdan ötkaziladi, şu yönalişga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jönatiladi. Natijada bu jarayonlar uçun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.

Köçat, mineral öğit, poyabzal, çorva ozuqasi kabi sanitariya- epidemiologiya xizmati, veterinariya, karantin nazoratida bölgan 32 toifadagi mahsulotlar uçun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi.

Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar röyxatini 459 taga qisqartirdik, yana 288 taga kamaytiramiz.

Umuman, mahsulotlar xavfsizligi va sifatini ta’minlaş hamda uni baholaş bilan boğliq milliy infratuzilmani tubdan isloh qilib, xalqaro standartlarga moslaştiramiz. Bunda, avvalo, sertifikatsiya örniga muvofiqlikni deklaratsiyalaş amaliyoti keng joriy etiladi.

Texnik jihatdan tartibga soliş tizimi butunlay transformatsiya qilinadi. Mamlakatimizga dunyodagi xalqaro miqyosda tan olingan eng nufuzli laboratoriyalar kirib kelişi uçun barça şaroitlarni yaratib beramiz.

Endi mahsulotlar sifati böyiça “bozor nazorati” tizimiga ötamiz. Bundan keyin nazorat obyekti tadbirkor emas, balki bevosita mahsulotning özi böladi.

“Daladan – dasturxongaça” tamoyili asosida sanitariya-epidemiologiya xizmati, veterinariya va karantin organlarining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi böyiça nazorat-laboratoriya funksiyalari yagona tizimga birlaştirilib, töliq raqamlaşadi.

Endi tadbirkorlar idorama-idora sarson bölmasdan, barça hujjatlarni “yagona darça” prinsipi asosida bir joydan oladigan böladi. Bu – içki bozorni sifatli mahsulotlar bilan töldiriş va mahalliy korxonalarning jahon bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini oşiradi.

Tadbirkorlarimizda davlat xaridlari va birja savdolarida iştirok etiş böyiça ham köplab savollar töplanib qolgan. Bu masalaga puxta tayyorgarlik körib, kelgusi oyda sizlar bilan katta yiğiliş ötkazamiz va barça muammolarga yeçim topamiz.

Davlat organlari va tabiiy monopoliya subyektlari bilan şartnoma tuzişda tadbirkorlar huquqlarini teng himoya qilişning yangi mexanizmi joriy etiladi. Bunda barça namunaviy şartnomalar loyihalari Biznes ombudsman, Adliya vazirligi va Raqobat qömitasi tomonidan majburiy ekspertizadan ötkaziladi.

Biznes uyuşmalar qança köp bölsa, tadbirkorlarning ovozi şunça baland yangraydi. Şu bois, öz sohasining jonkuyari bölgan eng ilğor 10 nafar biznes egalari birlaşib, atrofiga yoş tadbirkorlarni töplab, ortidan ergaştirsa, ularga biznes sirlarini örgatsa, hayotimizga yangi bilim va texnologiyalarni olib kirsa, tadbirkorlikdagi köp muammolarni biznes hamjamiyatning özi hal qila oladigan böladi. Bunday yöldan borib, tadbirkorlarga kömakdoş böladigan uyuşmalarni doim qöllab-quvvatlaşga tayyorman. Ularning aniq natijaga qaratilgan dasturlari, loyiha va tadbirlarini moliyalaştiriş uçun har yili 10 million dollar ajratiladi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Bir masalaga alohida e’tiboringizni qaratmoqçiman. Jahon iqtisodiyoti, global biznes arxitekturasi kun sayin özgarib, oldimizga yangi-yangi vazifalarni qöymoqda.

Bugungi yiğilişda sizlar kötargan tizimli masalalar yeçimiga qaratilgan muhim taşabbuslarni aytib ötdim.

Endi sizlar bilan bevosita muloqotga ötib, yana qanday qöşimça takliflar bölsa, ularni eşitişga, birgalikda yeçim topişga tayyorman.

***

Aziz döstlar, muhtaram tadbirkorlar!

Sizlar bilan böladigan har bir uçraşuv, muloqot menga alohida quvonç, kerak bölsa, ğayrat-şijoat bağişlaydi. Çunki, sizlarning timsolingizda men Yangi Özbekistonni barpo etiş borasida olib borayotgan işlarimizning amaliy natijasi va yutuqlarini köraman.

Bugun bemalol ayta olamizki, mamlakatimizda kiçik va örta biznes “islohotlar katalizatori”ga aylandi. Buni siz – tadbirkorlar yaratdingiz. Bundan faxrlansangiz arziydi.

Öylaymanki, bugungi muloqotimiz ham har tomonlama foydali va samarali böldi. Uçraşuvda muammolarni oçiq kötarib, taklifini bayon etgan barça biznes vakillariga minnatdorligimni bildiraman.

Heç narsadan qörqmang, intiliş va izlanişdan çarçamang, faqat oldinga, katta marralar sari dadil qadam taşlang!

Yangi Özbekiston taraqqiyotini, istiqbolini ta’minlaydigan kuç bu – tadbirkorlar.

Davlatimizni boy qiladigan kuç bu – tadbirkorlar.

Xalqimiz, oilalar hayotini farovon qiladigan kuç  bu – tadbirkorlar.

Siz, azizlarni Tadbirkorlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, işlaringizda rivoj, oilaviy xotirjamlik tilayman.

Hamişa soğ-omon bölinglar!

 

president.uz

Ulaşiş: