Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Turkmaniston yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

25.08.2025 15:41177

"Avaza" milliy turizm zonasining Kongress markazida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi.

Suhbat avvalida Turkmaniston yetakçisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston Prezidenti mamlakat rahbariyati va qardoş turkman xalqini şu oy boşida Avazada BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasi muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Özaro manfaatli hamkorlik barça yönalişlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi 700 million dollarni taşkil etdi. Fevral oyidan boşlab mamlakatlar örtasida erkin savdo rejimi amal qilmoqda, poytaxtlarda savdo uylari işlamoqda. Sanoat, energetika, transport, qişloq va suv xöjaligi, iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Joriy yilda "Şovot - Toşovuz" savdo zonasini işga tuşiriş böyiça birgalikdagi işlar yakunlanmoqda.

Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlarga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiyalar va Işbilarmonlar kengaşi yiğilişlari hamda qator madaniy tadbirlarni samarali ötkaziş muhimligi qayd etildi.

Yetakçilar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bölajak yettinçi Maslahat uçraşuvi kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşdilar. Şu ma’noda, "Ozarbayjon - Turkmaniston - Özbekiston" formatidagi muzokaralar muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

 

president.uz

Ulaşiş: