Yetakçilar "Galkiniş" çavandozlar jamoasining çiqişlarini tomoşa qildilar

Yetakçilar "Galkiniş" çavandozlar jamoasining çiqişlarini tomoşa qildilar

25.08.2025 15:45155

Amaliy taşrifning madaniy dasturi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev birgalikda "Avaza" kongress markazi yonidagi maxsus maydonga taşrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmonlarga "Galkiniş" milliy ot sporti jamoasi axaltaka zotli tulporlarining çiqişlari namoyiş etildi.

Dunyoga maşhur "Galkiniş" ot sporti guruhi bu yil Monte-Karloda bölib ötgan 47-xalqaro sirk festivalida muvaffaqiyatli iştirok etib, oltin mukofotga sazovor böldi, şuningdek, Istanbulda bölib ötgan Xalqaro etnosport festivalida muvaffaqiyatli iştirok etdi.

Turkman xalqining milliy yetakçisi Özbekiston xalqiga çuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida davlatimiz rahbariga tökin-soçinlik va farovonlik ramzi bölgan tuya va bötaloqni sovğa qildi.

 

president.uz

Ulaşiş: