Iordaniya Podşohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanişdi

Iordaniya Podşohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanişdi

26.08.2025 11:02131

Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimiy Samarqand şahrining uluğvor tarixiy obidalari bilan tanişdi.

Davlat rahbarlari avval Şohi Zinda majmuasiga taşrif buyurdilar.

Bu yerda Payğambarimiz Muhammad alayhissalomning sahobalaridan biri Qusam ibn Abbos va boşqa arboblarning maqbaralaridan taşkil topgan. Majmuaning tarixiy, madaniy va badiiy ahamiyati şundaki, u me’morçilik va bezak san’atining bir neça asr davomidagi taraqqiyotini aks ettiradi. Şohi Zinda 2001-yilda YUNЕSKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.

Rasman Payğambarimiz Muhammad alayhissalomning qizi Fotima va kuyovi Ali ibn Abu Tolibning avlodlari hisoblangan Hoşimiylar sulolasi vakili bölgan Iordaniya Podşohi Qusam ibn Abbos xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.

Amir Temur maqbarasi ziyorati çoğida Iordaniya delegatsiyasiga buyuk bobomizning davlatçilik siyosati, harbiy mahorati, turli mamlakatlar bilan diplomatik aloqalari haqida sözlab berildi. Sohibqiron hayoti va faoliyati, uning davlati öz davrining eng ulkan mamlakati bölgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Davlat rahbarlari Mirzo Uluğbek, Şerdor va Tillakori madrasalaridan iborat Registon majmuasini ham ziyorat qildilar. Asrlar davomida bu obidalar ilm-fan markazi bölgan, yuzlab olim va tadqiqotçilarni yetiştirgan. Özining mukammal joylaşuvi va uyğunligi  tufayli Registon haqli ravişda Samarqandning "taşrif qoğozi" hisoblanadi.

Tanişuv çoğida oliy martabali mehmonga uşbu inşootlarning bunyod etiliş tarixi va naqşlarining öziga xos jihatlari, maydonda olib borilgan restavratsiya işlari haqida ma’lumot berildi.

 

president.uz

Ulaşiş: