Muzokaralar natijalari kelişuvlar bilan mustahkamlandi
Samarqand şahrida bölib ötgan samarali muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş töğrisida qöşma bayonot qabul qildilar.
Umuman, taşrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:
- Ekstraditsiya töğrisida bitim;
- Investitsiyalarni özaro rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisida bitim;
- Qöşma komissiya tuziş töğrisida bitim;
- Viza talablarini bekor qiliş töğrisida bitim;
- Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
- Turizm sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
- Havo qatnovi töğrisidagi hukumatlararo bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida bayonnoma;
- Tovarlar va transport vositalari harakati töğrisidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almaşiş töğrisida bayonnoma;
- Qişloq xöjaligi sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
- Ösimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
- Veterinariya sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
- Standartlaştiriş, metrologiya va muvofiqlikni baholaş sohasida memorandum;
- din işlari böyiça anglaşuv töğrisida idoralararo memorandumlar;
- Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasi.

