Özbekiston Prezidenti Iordaniyaning oliy nişoni - "An-Nahda" ordeni bilan mukofotlandi

Özbekiston Prezidenti Iordaniyaning oliy nişoni - "An-Nahda" ordeni bilan mukofotlandi

27.08.2025 15:04153

Iordaniya Podşohining davlat taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning "An-Nahda" ("Renessans") ordeni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Uşbu mamlakatning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn şaxsan topşirdi.

- Uşbu mukofotni köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi umumiy sa’y-harakatlarimizning munosib e’tirofi, şuningdek, mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevorini yaratayotgan Özbekiston xalqiga döstona munosabat va hurmat ifodasi sifatida katta mamnuniyat bilan qabul qilaman, - dedi Prezidentimiz.

Iordaniya Podşohining Özbekistonga tarixiy taşrifi va samarali muzokaralar natijasida mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar yangi şeriklik darajasiga kötarildi.

Yetakçilar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirişga kelişib oldilar.

Davlatimiz rahbari Podşoh Abdulla II ibn al-Husayn Iordaniyaning jadal rivojlanişiga, mamlakatning tinçliksevar taşqi siyosatini amalga oşirişga, xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi va ta’siri yuksalişiga qöşgan hissasini alohida qayd etdi.

Prezidentimiz uşbu yuksak mukofot Özbekiston va Iordaniya xalqlari örtasidagi mustahkam döstlik ramzi sifatida munosib örin egallaşini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari sözining yakunida Podşoh Abdulla II ibn al-Husaynga mukofot uçun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Iordaniya xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: