Özbekiston yetakçisi AQŞ bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş uçun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi

Özbekiston yetakçisi AQŞ bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş uçun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi

29.08.2025 11:39159

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni mamlakatimizda amaliy taşrif bilan bölib turgan Amerika Qöşma Ştatlari Prezidentining global şerikliklar böyiça maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi.

AQŞ ma’muriyatining yuqori martabali vakili davlatimiz rahbariga Prezident Donald Trampning samimiy salomi va Özbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriklarini yetkazdi.

Uçraşuvda Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari atrofliça körib çiqildi.

Turli darajalarda samarali aloqalar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanmoqda, faol parlamentlararo almaşinuvlar amalga oşirilmoqda. Ötgan oyda Kongressda Özbekiston kuni doirasidagi tadbirlar ötkazildi, bu yil kuzda Kengaytirilgan strategik şeriklik muloqotining birinçi yiğilişi bölib ötadi.

Xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş borasida samarali hamkorlik yölga qöyilgan.

AQŞ an’anaviy ravişda Özbekistonning muhim iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2024-yilda tovar ayirboşlaş hajmi 15 foizga köpaydi. Loyihalar portfeli 11 milliard dollardan oşgan.

Joriy yil iyun oyida ötkazilgan Toşkent investitsiya forumida AQŞning 100 dan ortiq yetakçi kompaniyalari iştirok etdi.

Mineral resurslar, aviatsiya, elektrotexnika, qişloq xöjaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, ta’lim va boşqa ustuvor yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş uçun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

"S5+1" formati doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş muhim ekani ta’kidlandi.

Bölajak muloqotlar va qöşma tadbirlar rejasi ham körib çiqildi.

 

president.uz

Ulaşiş: