Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Şanxay hamkorlik taşkiloti plyus” formatidagi majlisdagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi, hurmatli Si Szinpin Janobi Oliylariga an’anaviy samimiy qabul va mamlakatning “şimoliy darvozasi”, deb ataladigan gözal va jöşqin Tyanszin şahrida sammitni yuksak darajada taşkil etgani uçun yana bir bor çin dildan minnatdorlik izhor etaman.
Kuzatuvçi davlatlar, şeriklar va sammit mehmonlari delegatsiyalarini, şuningdek, yetakçi xalqaro institutlar rahbarlarini qutlaşdan mamnunman.
Tom ma’noda oçiqlik va köp tomonlama hamkorlik ruhiga javob beradigan “ŞHT plyus” formati işonçli muloqot uçun zamonning özi talab qilayotgan maydonga aylanib bormoqda.
Oldindan başorat qilib bölmaydigan xalqaro vaziyat hukm surayotgan şaroitda ŞHT jahonda barqaror va adolatli tartibotni ta’minlaşning mustahkam tayançlaridan biri, deb hisoblamiz.
Hurmatli uçraşuv iştirokçilari!
Uşbu sammitimiz yigirmançi asrning mudhiş fojiasi bölgan Ikkinçi jahon uruşi tugaganining 80 yilligi bayram qilinayotgan yilda ötayotgani çuqur ramziy ma’noga ega.
Bu nafaqat muhim tarixiy voqea, balki öziga xos ogohlantiriş hamdir. Tinçlik bir marta va doimiy erişiladigan ne’mat emas, uni doimo asrab-avaylaş va mustahkamlaş zarur.
Nizo va mojarolar tölqinini töxtatiş, işonçni qayta tiklaş, tinç-totuv hayotga intiliş, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlarini hurmat qiliş muhimdir.
Şu munosabat bilan hurmatli Rais Si Szinpin ilgari surgan Global boşqaruv böyiça taşabbusini qöllab-quvvatlaymiz.
Xalqaro muammolar haqida gapirganda, Ğazo sektoridagi vaziyatga e’tibor qaratmasdan ötolmayman. Uşbu mintaqada vaziyat yana keskinlaşayotgani va aholining ahvoli yomonlaşayotgani çuqur taşviş uyğotmoqda.
Faqat “ikki xalq uçun – ikki davlat” tamoyili asosida Falastin – Isroil masalasiga adolatli yeçim topiş orqali Yaqin Şarqdagi mojaroni töxtatiş mumkin, deb hisoblaymiz.
Hurmatli sammit iştirokçilari!
Köp tomonlama hamkorlik borasida, bizning nazarimizdagi, eng muhim vazifalarga qisqaça töxtalib ötmoqçiman.
Birinçi. Bugungi kunda jahon xavfsizlikni ta’minlaşning bizga taniş omillari doirasidan çiqib ketgan tahdid va xatarlarning murakkab majmuasi qarşisida turibdi.
Iqlimning keskin özgarişi, energetika va oziq-ovqat resurslari taqçilligi, migratsiya inqirozlari, kiberhujumlar va boşqa köplab yangi xavf-xatarlar paydo bölmoqda.
Faqat xavfsizlikning bölinmasligi tamoyiliga asoslangan kollektiv sa’y-harakatlargina xalqlarimiz barqarorligi va farovonligini ta’minlaş imkoniyatini berişini ta’kidlab ötmoqçiman.
Şu ma’noda, ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi bazasida Xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş böyiça universal markaz, şuningdek, Duşanbeda Narkotiklarga qarşi kuraşiş markazi taşkil etilganini olqişlaymiz.
Kelgusi yili Toşkentda mamlakatlarimizning vakolatli organlari rahbarlari, yetakçi ekspert va tadqiqotçilar iştirokida birinçi “Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus muloqoti”ni ötkazişni taklif qilaman.
Ikkinçi. Afğonistondagi vaziyatni hisobga olmasdan va xalqaro hamjamiyatning afğon hukumati bilan konstruktiv muloqotini yölga qöymasdan turib, mintaqamizda barqarorlikni ta’minlaş mumkin emas.
Uşbu maqsadga erişiş köp jihatdan Afğonistonda, umuman, butun mintaqada uzoq muddatli tinçlik va barqarorlikdan manfaatdor bölgan ŞHT davlatlarining siyosiy irodasiga boğliq.
Afğoniston iqtisodiyotini qayta tiklaş va u bilan mintaqaviy kooperatsiyani rivojlantirişga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oşiriş maqsadida ŞHTdagi şeriklarimiz bilan keng kölamli hamkorlikka tayyormiz.
Uçinçi. Mavjud tösiqlarni olib taşlaş va standartlarni yaqinlaştiriş, elektron savdo maydonçalarini rivojlantiriş, sanoat kooperatsiyasi va innovatsiyalarni rağbatlantiriş uçun sa’y-harakatlarimizni birlaştiriş muhim.
Biznes sohasidagi muloqotlar uçun samarali maydonni işga tuşiriş maqsadida, barça manfaatdor şeriklarimizni jalb etgan holda, har yili “ŞHT Invest” investitsiya forumini ötkazişni taklif etaman. Birinçi forumni kelgusi yili Özbekistonda ötkazişga tayyormiz.
Törtinçi. Mintaqamizni global yölaklar bilan işonçli boğlaşni ta’minlaydigan samarali transport yönalişlarini yaratiş biz uçun hayotiy muhim masaladir.
Şu borada amalga oşirilayotgan Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişi loyihasi alohida ahamiyatga ega.
Kelgusida uşbu yönalişning Transafğon yölagi bilan boğlanişi ŞHT makonida yagona transport tarmoğini şakllantiriş imkonini beradi.
Beşinçi. ŞHT mamlakatlari sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar bazalari, robototexnika, biomuhandislik, muqobil energetika kabi ilğor yönalişlarda katta sakraşni ta’minlaşga qodir bölgan ulkan ilmiy-texnik salohiyatga ega.
Yangi ğoyalarni generatsiya qiliş, ilğor taşabbuslarni işlab çiqiş va texnologiyalar transferi uçun ŞHT innovatsion-texnologik xablar tarmoğini yaratişni amaliy qadam sifatida taklif etamiz.
Oltinçi. Madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni kengaytiriş umumiy manfaatlarimizga javob beradi va döst xalqlarimizni yaqinlaştirişga xizmat qiladi.
“ŞHT oilasi” madaniy rang-barangligi va boy qadriyatlarini ilgari surişga kömaklaşiş bilan şuğullanadigan Buyuk ipak yöli madaniy muloqotini ta’sis etişni taklif qilaman.
Şu yilning kuzida YUNЕSKO Boş konferensiyasining Samarqandda ötadigan asosiy tadbirlari mamlakatlarimizning noyob tarixiy merosini namoyiş etiş uçun muhim maydon bölişi mumkin.
Barça şeriklarimizni katta mamnuniyat bilan uşbu muhim madaniy voqealarda faol iştirok etişga taklif etaman.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Işonçim komil, «ŞHT plyus» formatidagi uşbu sammitning sermahsul natijalari barqarorlikni yanada mustahkamlaş, köpqirrali şeriklikni kengaytiriş, barça mamlakatlarimizning barqaror rivojlanişini ta’minlaşga xizmat qiladi.
E’tiboringiz uçun rahmat.

