Xitoy bilan salmoqli hujjatlar töplami qabul qilindi

Xitoy bilan salmoqli hujjatlar töplami qabul qilindi

03.09.2025 09:52155

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Pekin şahrida bölib ötgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi böldi. Şu jumladan:

– “Özbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yöl” taşabbusini özaro boğlaş böyiça hamkorlik dasturi;

– Madaniyat markazlarini özaro ta’sis etiş töğrisida bitim;

– Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik töğrisida bitim.

Bundan taşqari, taşrif doirasida quyidagi kelişuvlar ham imzolandi:

– Özbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) beriş loyihasining ikkinçi bosqiçini loyihalaştiriş böyiça;

– texnik-iqtisodiy hamkorlik töğrisida;

– muvofiqlikni baholaş sohasidagi hamkorlik töğrisida;

– Özbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilişda fitosanitariya talablari töğrisida;

– kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinçlik maqsadlarida foydalanişda hamkorlik qiliş töğrisida;

– raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik töğrisida;

– inson resurslarini rivojlantiriş sohasida hamkorlikni mustahkamlaş böyiça;

– raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş böyiça;

– Samarqand viloyati va Tyanszin şahri örtasida şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisida;

– Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga kömaklaşiş kengaşi örtasidagi hamkorlik töğrisida.

 

 

president.uz

Ulaşiş: