Özbekiston Prezidenti Xitoyning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Xitoyga rasmiy taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida uşbu mamlakatning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.
Tadbirda “China Gold”, “China Coal Resources”, “China Datang Corporation”, “Tianjin Rail Transit Group”, “Poly Çangda”, “Tianjin Urban Construction”, “Jinchuan Group”, “China Synfuels”, “Jinchuan”, “ST Wonderful”, “Mizuda”, “World Agriculture”, “Dongzhu Ecology” va boşqa kompaniyalar rahbarlari iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari Xitoy biznesining Özbekistonga qiziqişi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ötgan yilning özida investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oşdi.
Uçraşuvda energetika, geologiya, qişloq va suv xöjaligi, kimyo, zargarlik sanoati, jamoat transportini modernizatsiya qiliş, infratuzilmani rivojlantiriş va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari körib çiqildi.

