Özbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
Pekin şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uçraşuvi bölib ötdi.
Suhbat avvalida Rossiya yetakçisi davlatimiz rahbari va Özbekistonning köp millatli xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Ilgariroq bölib ötgan oliy darajadagi muloqotlar çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtayi nazaridan Özbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş hamda mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş muhim ekani ta’kidlandi.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida loyihalarni tayyorlaş hamda amalga oşirişni jadallaştiriş, hududlar örtasida va taşkil etilgan qöşma sanoat parklari doirasida kooperatsiya aloqalarini rağbatlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Gumanitar sohada, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim yönalişlarida samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekiston va Rossiya yetakçilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.

