Qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun qöşilgan qiymat soliği yengillaştiriladi

Qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun qöşilgan qiymat soliği yengillaştiriladi

05.09.2025 14:59131

Prezident Şavkat Mirziyoyev 4-sentyabr kuni qişloq xöjaligida qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş çora-tadbirlari böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Sönggi yillarda bu soha tarkibiy jihatdan isloh qilinib, samaradorlikni oşiriş çoralari körildi. Paxta va ğalla maydonlari qisqartirilib, oziq-ovqat mahsulotlari uçun ajratildi. 160 ming gektar yangi boğ va tokzor barpo etildi. 1 milliard dollarlik 1 ming 500 ta oziq-ovqat loyihasi işga tuşirildi.

Lekin qişloq xöjaligida hamon yaşirin iqtisodiyot uluşi yuqori. Yetiştirilgan mahsulotning hammasi ham hisobotlarda qayd etilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotişda qöşilgan qiymat soliği 12 foizni taşkil etmoqda.

Mazkur masala Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida kötarilgan edi. Davlatimiz rahbari bu borada dehqon va fermerlarga qulaylik yaratiş, soliq yukini yengillaştiriş böyiça mutasaddilarga körsatma bergandi.     

Şunga muvofiq, Xalqaro valyuta jamğarmasi, malakali xorijiy va mahalliy ekspertlar iştirokida qişloq xöjaligini “soya”dan çiqariş böyiça takliflar işlab çiqildi.

Unga köra, kelasi yil 1-yanvardan boşlab, qişloq xöjaligi korxonalari dehqon va fermerlarga özi yetiştirgan qişloq xöjaligi mahsulotini (ğalla va paxtadan taşqari) sotişda qöşilgan qiymat soliği nol stavkada böladi.

Şu bilan birga, mahsulotni yetiştirişda uruğ, öğit, yoqilği, transport, elektr kabi xarajatlar uçun hisobga olingan QQSni qaytarib beriş amaliyoti ham saqlanib qoladi.

Natijada fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 milliard söm mablağ qoladi, yana 400 milliard sömlik soliqni qaytarib oliş imkoniyati böladi.

Umuman, bu yengilliklar soha vakillarining şaffof işlaşiga turtki beradi, joylarda yirik sanoatlaşgan plantatsiyalar va qayta işlaş korxonalarining köpayişiga mustahkam zamin yaratadi.

Mutasaddilarga bu yangi tizimni dehqon va fermerlarga tuşuntirib, samarali yölga qöyiş, oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni rağbatlantiriş böyiça körsatmalar berildi.

 

president.uz

Ulaşiş: