Özbekiston Prezidenti FIFA bilan şeriklikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

Özbekiston Prezidenti FIFA bilan şeriklikni kengaytiriş muhimligini ta’kidladi

09.09.2025 11:04169

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.

Suhbat avvalida FIFA prezidenti Özbekiston yetakçisi va xalqini tarixiy voqea – milliy terma jamoamiz 2026-yilda AQŞda bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionatining final bosqiçiga yöllanmani qölga kiritgani bilan yana bir bor samimiy tabrikladi. Uşbu haqli yutuq mamlakatimizda olib borilayotgan samarali islohotlar, sportni rivojlantirişga qaratilayotgan e’tibor va har tomonlama kömakning amaliy natijasi ekani ta’kidlandi.

Özbekistonning uşbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan, eng avvalo, futbolni taşkil etiş va boşqariş tizimini takomillaştiriş, yoş iste’dodlarni yuzaga çiqarişga kömaklaşiş, murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport şifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro darajada tayyorlaş borasidagi sermahsul hamkorligini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Futbolni, birinçi navbatda, yoşlar örtasida ommalaştiriş böyiça qöşma dasturlarni amalga oşirişda yaqindan hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

FIFAning texnik kömagida zamonaviy Milliy futbol markazi, şu jumladan, innovatsion yeçimlarni joriy etgan holda raqamli futbol böyiça situatsion markaz taşkil etildi.

Ötgan yili mamlakatimizda futzal böyiça jahon çempionati muvaffaqiyatli ötkazildi.

Özbekistonda FIFAning yirik musobaqalari va tadbirlarini taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.

Toşkent şahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun mintaqaviy ofisini oçiş yuzasidan kelişuvga erişildi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti özbek futbolini rivojlantiriş va xalqaro maydonda ilgari surişga qöşgan şaxsiy hissasi uçun FIFA rahbari Janni Infantinoga davlatimizning yuksak mukofoti – “Döstlik” ordenini topşirdi.

 

president.uz

Ulaşiş: