Özbekiston va Finlyandiya yetakçilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini muhokama qildilar

Özbekiston va Finlyandiya yetakçilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini muhokama qildilar

10.09.2025 11:18142

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi.

Özbekiston bilan Finlyandiya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda yanada kengaytiriş masalalari Finlyandiya Prezidentining mamlakatimizga bölajak taşrifiga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan atrofliça körib çiqildi.

Konstruktiv siyosiy muloqotlar va parlamentlararo almaşinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024-yilda tovar ayirboşlaş 24 foizga oşdi. 2022-yildan mamlakatimizda Finlyandiyaning "Nordik" universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab ta’limini rivojlantiriş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.

Qişloq xöjaligi, kimyo, energetika, konçilik, telekommunikatsiya va boşqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yölga qöyiş, jumladan, ta’lim tizimiga ilğor texnologiyalarni joriy etiş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniq loyihalarni tayyorlaş uçun Hukumatlararo komissiya yiğilişi va ikki mamlakat yetakçi kompaniyalari iştirokida biznes forumini ötkaziş taklif qilindi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi. Nizolarni xalqaro huquq normalari asosida tinç yöl bilan hal etiş muhimligi ta’kidlandi.

 

president.uz

Ulaşiş: