Özbekiston Prezidenti Sankt-Peterburg bilan hamkorlik böyiça “yöl xaritasi”ni amalga oşiriş muhimligini ta’kidladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg şahri gubernatori Aleksandr Beglov boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.
Özbekiston – Rossiya özaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytiriş, eng avvalo, Sankt-Peterburg şahri bilan iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlarini amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Özaro tovar ayirboşlaş körsatkiçlari ösayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi – ötgan yil yakunlariga köra hududlar darajasidagi eksport-import hajmi 20 foizga oşdi. Poytaxtimizda Işbilarmonlik markazi faoliyatini yölga qöyiş, şuningdek, Yangi Toşkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiş loyihasini tayyorlaş işlari olib borilmoqda.
Rossiya delegatsiyasining bu galgi taşrifi çoğida metallurgiya, uskunasozlik, yöl qurilişi, farmatsevtika va soğliqni saqlaş, oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi, logistika hamda boşqa sohalarda 23 ta kooperatsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” qabul qilindi.
Xususiy tibbiyot, ta’lim, kommunal xöjalik, raqamli texnologiyalar, migratsiya va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytiriş böyiça aniq takliflar qöllab-quvvatlandi.
Faol gumanitar aloqalarni davom ettiriş va qöşma madaniy tadbirlarni muntazam taşkil etişga alohida e’tibor qaratildi.
Joriy yil oktyabr oyida ikki mamlakat hududlari kengaşining ikkinçi yiğilişini samarali ötkazişga qaratilgan çora-tadbirlarni körişga kelişib olindi.

