Prezident Namangan aeroportidagi bunyodkorlikni közdan keçirdi

Prezident Namangan aeroportidagi bunyodkorlikni közdan keçirdi

16.09.2025 14:48161

Prezident Şavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanişiş maqsadida 16-sentyabr kuni Namangan viloyatiga keldi.

Hududdagi bunyodkorlik sur’ati şahar darvozasi – aeroportdanoq közga taşlanadi. Bu yerda 140 million dollar investitsiya hisobiga yangi terminallar barpo etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining viloyatga ötgan yilgi taşrifi çoğida uşbu loyiha taqdimot qilingan edi. Bugungi kunda quriliş işlari jadal.

Hozirgi aeroport turistlar oqimiga kiçiklik qilayapti. 3 qavatli qilib qurilayotgan yangi terminalda yölovçi taşiş quvvati 2,5 karra oşadi. Çegara nazorati va viza bölimlari, biznes zali, savdo va ovqatlaniş şoxobçalari, tibbiyot xonasi, Duty free dökonlari zamonaviy taşkil etiladi.

Şuningdek, aeroportda ulkan yuk terminali qurilmoqda. U kuniga 50 tonna yuk taşiş va 90 ta mamlakatga eksport qiliş imkonini beradi. Eng muhimi, bu orqali vodiyda yagona kargo tizimi yaratiladi. Hududning biznes, eksport va tranzit salohiyati oşadi.

Masalan, bu yil Namangan viloyatiga 1,5 million xorijiy va 2 milliondan ortiq mahalliy sayyohlarni jalb qiliş, xizmatlar eksportini 210 ming dollarga yetkaziş rejalaştirilgan. Andijon va Farğona viloyatlari eksporti ham oşib boryapti.

Aeroportda maxsus servis texnikalari ham yangilanadi. Bu turli hajmdagi samolyotlarni qabul qiliş va ularga xizmat körsatiş imkonini beradi. Şuningdek, keytering, yonilği quyiş majmuasi va boşqa xöjalik binolari quriladi. Yangi terminallar kelgusi yil işga tuşirilişi közda tutilgan.

Davlatimiz rahbari aeroport atrofidagi infratuzilmani unga mutanosib rivojlantiriş böyiça körsatmalar berdi. Dunyoning ilğor tajribasidagi kabi, aeroport atrofida mehmonxonalar, savdo va köngiloçar majmualar, barça zamonaviy xizmatlar bölişi zarurligi ta’kidlandi. Avtoturargoh va servis obyektlari taşkil etib, mehmonlar uçun qulayliklarni kengaytiriş vazifasi qöyildi.

 

president.uz

Ulaşiş: