Nasos stansiyalarini yangilaş böyiça Namangan tajribasi ommalaştiriladi

Nasos stansiyalarini yangilaş böyiça Namangan tajribasi ommalaştiriladi

17.09.2025 11:40110

Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Çortoq tumanidagi “Ayqiron-1” nasos stansiyasini közdan keçirdi.

Katta Namangan magistral kanalida joylaşgan uşbu nasos orqali 815 gektar yer suğoriladi. Lekin agregatlar eskirib ketgani sababli samaradorlik past, isrofgarçilik köp edi. Jumladan, har yili taxminan 6 million kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanardi.

Tadbirkor tomonidan davlat-xususiy şeriklik asosida bu yerga energiya tejamkor agregat va zamonaviy uskunalar örnatildi. Yangilangan tizim yiliga qirq foizgaça elektr energiyasini iqtisod qiliş imkonini bermoqda.

Tejamkorlik bilan birga yangi nasoslarning suv çiqariş quvvati ham yuqori. Bu esa dalalarni suğoriş kölamini oşirib, hosildorlikni yaxşilaşga xizmat qiladi.

Viloyatda ikki yuzdan ortiq nasos stansiyasi bor. Ulardan 43 tasi “Nammotors suv ta’minot” korxonasiga davlat-xususiy şeriklik asosida 10-yil muddatga boşqaruvga berilgan. Bu jarayonga 40 milliard sömlik investitsiya yönaltirilgan. Inşootlarga örnatilayotgan nasos agregatlari mahalliylaştirilgan.

Davlatimiz rahbari ikki yil içida “Ayqiron-1” tajribasi asosida viloyatdagi barça nasos stansiyalarini modernizatsiya qiliş, buni mamlakatning boşqa hududlarida ham bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş böyiça topşiriq berdi.

Faqat texnologiyalarni yangilaş bilan çeklanib qolmasdan, ularni malakali boşqariş va töğri foydalaniş ham muhimligi ta’kidlandi. Ilm va bilim bilan iş yuritilsa, modernizatsiyaning iqtisodiy samarasi yuksaladi. Qişloq xöjaligida hosildorlik ortib, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi turmuş darajasi yaxşilanadi.

Mutasaddilar kelgusida 750 dan ziyod fermer xöjaliklariga quyoş panellari orqali işlaydigan kiçik nasoslar hamda tomçilatib suğoriş tizimlarining joriy etilişi haqida ma’lumot berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: